Sputnik Uzbekistan v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2024
Matbuot markazi
Sputnik O‘zbekiston matbuot markazi “Rossiya segodnya” xalqaro media guruhi tarkibiga kiradi. Matbuot-markazi raqami: +99897 190 71 78

Sputnik O‘zbekiston multimedia matbuot markazining 2025-yildagi asosiy natijalari

Obuna bo‘lish
Sputnik O‘zbekiston multimedia matbuot markazi 2025-yil yakunlarini sarhisob qildi: media tadbirlar soni, spikerlar ishtiroki va ijtimoiy tarmoqlardagi qamrov oshdi
2025 yilda 82 ta media tadbir o‘tkazildi. Bu 2024-yilga nisbatan 14 taga ko‘p bo‘lib, taxminan 21 foizlik o‘sishni tashkil etdi.
Matbuot anjumanlari soni 31 taga yetdi (2024 yilda — 30 ta), videoko‘priklar 30 ta bo‘ldi (2024 yilda — 29 ta). Eng sezilarli o‘sish brifinglarda kuzatildi — 2025-yilda 19 ta, 2024-yilda esa 7 ta o‘tkazilgan. Dumaloq stollar soni o‘zgarishsiz qoldi — 2 ta.
Spikerlarning umumiy soni ham oshdi:
2025 yilda 154 nafar, 2024-yilda esa 99 nafar bo‘lgan. Shu tariqa spikerlar soni 55 nafarga, yoki 56 foizga ko‘paydi.
Rossiyalik spikerlar soni 42 nafardan 62 nafarga yetdi, ya’ni 20 nafarga (48 foiz, deyarli 1,5 barobar) oshdi. Ulardan 26 nafari maqomli rossiyalik spikerlar bo‘lib, bu umumiy soning 42 foizini tashkil etadi.
Media-kontentning ijtimoiy tarmoqlardagi umumiy qamrovi 6,2 million martadan oshdi. Bu platformaga bo‘lgan qiziqish tobora ortib borayotganini ko‘rsatadi.
2025 yil davomida muhokamalar markazida quyidagi mavzular bo‘ldi:
Rossiya–O‘zbekiston munosabatlari, iqtisodiyot va investitsiyalar, energetika, migratsiya, hududlararo hamkorlik, madaniyat, ta’lim va gumanitar loyihalar.
Yangiliklar lentasi
0