https://oz.sputniknews.uz/20260113/propan-korxona-monopoliya-ish-54762357.html
Birjada propan narxlarini asossiz oshirgan 92 ta korxonaga monopoliyaga qarshi ish qo‘zg‘atildi
Birjada propan narxlarini asossiz oshirgan 92 ta korxonaga monopoliyaga qarshi ish qo‘zg‘atildi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda propan narxlari 18 foizga pasaydi. Narxlarni sun’iy oshirish holatlari yuzasidan 92 ta importorga nisbatan ishlar qo‘zg‘atildi.
2026-01-13T09:31+0500
2026-01-13T09:31+0500
2026-01-13T09:32+0500
gaz
o‘zbekiston
jamiyat
narx-navo
savdo
import
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/12/21405452_675:351:3077:1702_1920x0_80_0_0_534e62e9bec4f7057fa6d2b69cbba486.jpg
TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. Propan narxlarini barqarorlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida birja savdolarida o‘rtacha narxlar 9,3 million so‘mdan 7,8 million so‘mgacha, ya’ni 18 foizga pasaydi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.Ma’lum qilinishicha, 2025-yil noyabr–dekabr oylari hamda joriy yil yanvar oyida propanning birja savdolarida boshlang‘ich narxlarni asossiz oshirish va mahsulot hajmlarini sun’iy ravishda savdolarga chiqarmaslikka qaratilgan raqobatga zid, muvofiqlashtirilgan harakatlar alomatlari aniqlangan.Ushbu holatlar yuzasidan jami 92 ta import qiluvchi xo‘jalik yurituvchi subyektga nisbatan belgilangan tartibda monopoliyaga qarshi ishlar qo‘zg‘atildi. Xususan, ular:Qayd etilishicha, propanning chakana narxlari asossiz oshirib yuborilishining oldini olish maqsadida yoqilg‘i quyish shoxobchalarida doimiy monitoring ishlari amalga oshirilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20251118/mobil-operator-narx-oshish-organilish-53557638.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/12/21405452_786:329:3077:2048_1920x0_80_0_0_770a3e4bed20598c21f101a4a22fa0f8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
propan narxi, propan birja narxi, propan arzonladi, propan importi, yoqilg‘i bozori o‘zbekiston, gaz narxlari 2026, raqobat qo‘mitasi, monopoliyaga qarshi ish, propan chakana narxi, agnksh monitoring, toshkent propan narxi, samarqand propan, farg‘ona propan bozori
propan narxi, propan birja narxi, propan arzonladi, propan importi, yoqilg‘i bozori o‘zbekiston, gaz narxlari 2026, raqobat qo‘mitasi, monopoliyaga qarshi ish, propan chakana narxi, agnksh monitoring, toshkent propan narxi, samarqand propan, farg‘ona propan bozori
Birjada propan narxlarini asossiz oshirgan 92 ta korxonaga monopoliyaga qarshi ish qo‘zg‘atildi
09:31 13.01.2026 (yangilandi: 09:32 13.01.2026) Propan narxlarini barqarorlashtirish choralari natijasida birjada o‘rtacha narxlar 18 foizga pasaydi. Narxlarni sun’iy oshirish alomatlari bo‘yicha 92 ta korxonaga monopoliyaga qarshi ishlar qo‘zg‘atildi
TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. Propan narxlarini barqarorlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida birja savdolarida o‘rtacha narxlar 9,3 million so‘mdan 7,8 million so‘mgacha, ya’ni 18 foizga pasaydi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi matbuot xizmati
xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2025-yil noyabr–dekabr oylari hamda joriy yil yanvar oyida propanning birja savdolarida boshlang‘ich narxlarni asossiz oshirish va mahsulot hajmlarini sun’iy ravishda savdolarga chiqarmaslikka qaratilgan raqobatga zid, muvofiqlashtirilgan harakatlar alomatlari aniqlangan.
Ushbu holatlar yuzasidan jami 92 ta import qiluvchi xo‘jalik yurituvchi subyektga nisbatan belgilangan tartibda monopoliyaga qarshi ishlar qo‘zg‘atildi. Xususan, ular:
Toshkent shahrida — 21 ta,
Samarqand viloyatida — 17 ta,
Farg‘ona viloyatida — 13 ta,
Xorazm viloyatida — 12 ta,
Andijon viloyatida — 7 ta,
Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 5 ta,
Qashqadaryo viloyatida — 5 ta,
Sirdaryo viloyatida — 4 ta,
Namangan viloyatida — 4 ta,
Buxoro viloyatida — 3 ta,
Toshkent viloyatida — 1 tani tashkil etgan.
Qayd etilishicha, propanning chakana narxlari asossiz oshirib yuborilishining oldini olish maqsadida yoqilg‘i quyish shoxobchalarida doimiy monitoring ishlari amalga oshirilmoqda.