Harbiylar maoshini oshirish, mudofaa doktrinasini yangilash—prezident yig‘ilishda vazifalar qo‘ydi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPod predsedatelstvom prezidenta sostoyalos zasedanie Soveta bezopasnosti
Pod predsedatelstvom prezidenta sostoyalos zasedanie Soveta bezopasnosti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.01.2026
Obuna bo‘lish
Yig‘ilishda armiyani modernizatsiya qilish, harbiy xizmatchilar uchun yangi imtiyozlar joriy etish, maosh, pensiya va ustamalarni oshirish bo‘yicha vazifalar belgilandi
TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev raisligida Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Yig‘ilishda mudofaa sohasida xavf-xatarlarni oldindan bartaraf etishga qaratilgan proaktiv yondashuvga o‘tish vazifasi qo‘yildi.
Mudofaa sanoatini rivojlantirish, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarni joriy etish ustuvor yo‘nalish sifatida belgilandi.
Amaldagi Mudofaa doktrinasi va Milliy xavfsizlik konsepsiyasini qayta ko‘rib chiqish vaqti kelgani ham aytildi.
Harbiy xizmatchilar xizmatdan qaytganda kasbiy ko‘nikmalarga ega bo‘ladi. “Bir million dasturchi” va sun’iy intellekt dasturlari doirasida har yili 5 ming nafar harbiy xizmatchi o‘qitiladi.
Muddatli xizmatchilarning oliy ta’limga kirishi, xizmatdan keyin o‘qishini davom ettirishi, ish bilan ta’minlanishi va tadbirkorlik faoliyati qo‘llab-quvvatlanishi ko‘zda tutilmoqda.
Shuningdek, harbiy xizmatchilarning xizmat va turmush sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha qator choralar belgilandi. Jumladan:
1 apreldan ofitserlarning ko‘p yillik xizmati uchun ustama haqi 2 baravarga oshiriladi;
kontraktchi harbiy xizmatchilar va serjantlar maoshi 10 foizga ko‘paytiriladi;
hududiy mudofaa organlari xodimlari ish haqi joriy yilda 20 foizga, kelgusi yilda 50 foizga oshiriladi;
30 yildan ortiq xizmat qilgan harbiylar pensiyasi 100 foizgacha hisoblanadi.
Bundan tashqari, harbiy qismlar badiiy adabiyotlar bilan ta’minlanadi.
Bivshaya krupnaya baza SShA v Xoste pod kontrolem talibov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.01.2026
Venesuela voqealaridan so‘ng Afg‘oniston o‘z armiyasini kuchaytirishga qaror qildi
Yangiliklar lentasi
0