https://oz.sputniknews.uz/20260113/familiya-qonun-loyihas-maqullanish-54774683.html
O‘zbekistonda bolaga otasining ismini familiya sifatida berish mumkin bo‘ladi — loyiha
O‘zbekistonda bolaga otasining ismini familiya sifatida berish mumkin bo‘ladi — loyiha
Sputnik O‘zbekiston
Qonunchilik palatasida farzandga ota ismidan familiya berish taklifi birinchi o‘qishda ma’qullandi. "-ov", "-yev" qo‘shimchalari keyin muhokama qilinishi mumkin.
2026-01-13T15:54+0500
2026-01-13T15:54+0500
2026-01-13T16:35+0500
jamiyat
oila
loyiha
o‘zbekiston
oliy majlis qonunchilik palatasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0b/15/46742214_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_de19af4d0ea808c3cf87531c34c4e8c0.jpg
TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari farzandga ota ismi asosida familiya berish amaliyotini qonuniylashtirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi.Ma’lum qilinishicha, ushbu qonun loyihasi Qonunchilik palatasiga Adliya vazirligi tomonidan kiritilgan. Amaldagi qonunchilikka, xususan, Oila kodeksiga ko‘ra, bolaning familiyasi ota-onaning familiyasiga qarab belgilanadi. Shu bilan birga, milliy an’analarga muvofiq bolaga boboning ismi asosida familiya berib kelinmoqda.Masalan, bolalar uyida ulg‘aygan yoki ota-onalik huquqidan mahrum etilgan shaxslar o‘z farzandlariga otasining ismidan familiya berishni istamaydi. Har kuni o‘rtacha 10–15 nafar ota-ona FHDYo organlariga murojaat qilib, bolaning tug‘ilganlik guvohnomasiga o‘zgartirish kiritish orqali familiya va ismni rasmiylashtirmoqda.Ta’kidlanishicha, qonun loyihasini tayyorlash jarayonida xalqaro tajriba ham o‘rganilgan. Xususan, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistonda bolaning familiyasini ota yoki boboning ismi asosida belgilash amaliyoti qonunchilik bilan mustahkamlangan.Muhokamalar davomida, shuningdek, keyingi o‘qishlarda familiyaga qo‘shiladigan "-ov", "-yev", "-ova", "-yeva" qo‘shimchalarini qonun hujjati bilan belgilash masalasini ham ko‘rib chiqish taklif etildi.
https://oz.sputniknews.uz/20260102/yangi-yilning-birinchi-kunida-1800dan-ortiq-chaqaloq-dunyoga-keldi-54606083.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0b/15/46742214_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_f674254af32e125dddf7179836b44637.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
familiya berish qonuni, ota ismidan familiya, qonunchilik palatasi, oila kodeksi 69-modda, adliya vazirligi, fhdyo, bola familiyasi, milliy an’analar, ov yev qo‘shimchalari, o‘zbekiston qonunchiligi
familiya berish qonuni, ota ismidan familiya, qonunchilik palatasi, oila kodeksi 69-modda, adliya vazirligi, fhdyo, bola familiyasi, milliy an’analar, ov yev qo‘shimchalari, o‘zbekiston qonunchiligi
O‘zbekistonda bolaga otasining ismini familiya sifatida berish mumkin bo‘ladi — loyiha
15:54 13.01.2026 (yangilandi: 16:35 13.01.2026) Qonunchilik palatasida farzandga ota ismi asosida familiya berish taklifi birinchi o‘qishda ma’qullandi.
TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari farzandga ota ismi asosida familiya berish amaliyotini qonuniylashtirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini birinchi o‘qishda
qabul qildi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu qonun loyihasi Qonunchilik palatasiga Adliya vazirligi tomonidan kiritilgan. Amaldagi qonunchilikka, xususan, Oila kodeksiga ko‘ra, bolaning familiyasi ota-onaning familiyasiga qarab belgilanadi. Shu bilan birga, milliy an’analarga muvofiq bolaga boboning ismi asosida familiya berib kelinmoqda.
Qayd etilishicha, hozirgi kunda bolaga ota ismi asosida familiya berish imkoniyati qonun hujjatlarida aniq belgilanmagani sababli ularni turlicha talqin qilish holatlari va fuqarolarning haqli e’tirozlari yuzaga kelmoqda.
Masalan, bolalar uyida ulg‘aygan yoki ota-onalik huquqidan mahrum etilgan shaxslar o‘z farzandlariga otasining ismidan familiya berishni istamaydi. Har kuni o‘rtacha 10–15 nafar ota-ona FHDYo organlariga murojaat qilib, bolaning tug‘ilganlik guvohnomasiga o‘zgartirish kiritish orqali familiya va ismni rasmiylashtirmoqda.
Ta’kidlanishicha, qonun loyihasini tayyorlash jarayonida xalqaro tajriba ham o‘rganilgan. Xususan, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistonda bolaning familiyasini ota yoki boboning ismi asosida belgilash amaliyoti qonunchilik bilan mustahkamlangan.
Muhokamalar davomida, shuningdek, keyingi o‘qishlarda familiyaga qo‘shiladigan "-ov", "-yev", "-ova", "-yeva" qo‘shimchalarini qonun hujjati bilan belgilash masalasini ham ko‘rib chiqish taklif etildi.