Eron Starlinkni bloklashga muvaffaq bo‘ldi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishTaktiko-spetsialnie ucheniya SVO v Sverdlovskoy oblasti
Taktiko-spetsialnie ucheniya SVO v Sverdlovskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.01.2026
Obuna bo‘lish
Erondagi o‘n minglab Starlink uskunalarining 80% trafigi to‘xtatildi
TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. Hukumatga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlari fonida Eron mamlakat ichida internet aloqasini butunlay uzib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar qilmoqda IranWire.

"Eng so‘nggi voqea misli ko‘rilmagan va juda murakkab bo‘ldi. Eron tarixda birinchi marta, shu kunga qadar bloklash imkonsiz deb hisoblangan Starlink internetini muvaffaqiyatli to‘xtdi. Mamlakatdagi uskunalar axborot paketlarining 80% to‘xtatildi", - dedi IranWire tadqiqotchisi Amir Rashidi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Eron Xitoy yoki Rossiya texnologiyalaridan foydalangan bo‘lishi mumkin.
Xaosga qarshi texnologiya
Ikki oy oldin xitoylik tadqiqotchilar Tayvan ustidan Starlinkni bloklash texnologiyasi haqida e’lon qilgan edi. Unda katta maydonda blokirovka qilish uchun bir necha yuzlab qurilmalarning sinxron ishlashi kerak bo‘lishi aytilgan.
Shunga o‘xshash harbiy texnologiyalar Rossiyada ham bor. “Murmansk-BN” va “Krasuxa-4” elektron kurash stansiyalari 5000 kilometrgacha bo‘lgan masofadagi radioto‘lqinlarni to‘sib qo‘yishga qodir. Ular o‘z samaradorligini Suriya va Ukrainada isbotlagan.
Yangiliklar lentasi
0