Gaz qazib chiqarishni oshirish: prezident “O‘zbekneftgaz” rejalari bilan tanishdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaRassmotreni plani po uvelicheniyu dobichi prirodnogo gaza i transformatsii otrasli
Rassmotreni plani po uvelicheniyu dobichi prirodnogo gaza i transformatsii otrasli  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.01.2026
Obuna bo‘lish
Yig‘ilishda O‘zbekneftgaz AJ kunlik gaz qazib chiqarishni 66 million kub metrdan 70 mln kub metrga yetkazish va bu yil kamida 25,4 mlrd kub metr gaz qazib chiqarish chorasini ko‘rishi kerakligi aytildi
TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekneftgaz” AJ faoliyatining kelgusidagi vazifalari va rejalari yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Taqdimotda “O‘zbekneftgaz” AJ oldida turgan eng asosiy vazifa tabiiy gaz zaxiralarini oshirish hamda qazib chiqarish hajmlarini ko‘paytirish ekani qayd etildi. Mavjud imkoniyatlarni to‘liq ishga solish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaRassmotreni plani po uvelicheniyu dobichi prirodnogo gaza i transformatsii otrasli
Rassmotreni plani po uvelicheniyu dobichi prirodnogo gaza i transformatsii otrasli  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.01.2026
Rassmotreni plani po uvelicheniyu dobichi prirodnogo gaza i transformatsii otrasli
Gaz zaxiralarini o‘stirish uchun yangi istiqbolli investitsiya bloklarini shakllantirish, shuningdek, investorlarga berilgan ayrim maydonlarda ishlarni jadallashtirish va samaradorlikni oshirish zarurligi ta’kidlandi.
Nafta ishlab chiqarish hozirda mavjud quvvatlarning 70 foizida amalga oshirilayotgani, mahsulot esa 50 foizgacha arzon narxlarda eksport qilinayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Naftadan polimer mahsulotlari ishlab chiqarilsa, qo‘shilgan qiymatni 6 barobar oshirish imkoniyati borligi inobatga olinib, mavjud quvvatlarni to‘liq ishlatish choralarini ko‘rish topshirildi.
Pritok gaza na novoy skvajine v Karakalpakstane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.01.2026
Mo‘ynoqda katta bosimli yangi tabiiy gaz oqimi aniqlandi
Yangiliklar lentasi
0