https://oz.sputniknews.uz/20260112/2025-yil-jahon-tibbiyot-yutuqlar-54752680.html
Gen tahrirlash va AI: 2025-yilda tibbiyotda qanday yutuqlarga erishildi?
Gen tahrirlash va AI: 2025-yilda tibbiyotda qanday yutuqlarga erishildi?
Sputnik O‘zbekiston
2025 yilda jahon tibbiyotida diabetga qarshi dorilarning saraton xavfini kamaytirishi, sun’iy intellekt asosida diagnostika va gen tahrirlash texnologiyalarining rivoji muhim yutuq sifatida qayd etildi.
2026-01-12T14:58+0500
2026-01-12T14:58+0500
2026-01-12T15:17+0500
tibbiyot muassasi
sog‘liq
sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
raqamli texnologiyalar
sun’iy intellekt
dori
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0a/0b/46071303_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_b42e60ac64457468396f7c40c0aae15c.jpg
TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. 2025-yilda dastlab diabet bilan kasallangan bemorlar uchun ishlab chiqilgan ayrim dorilar kutilmaganda saratonga qarshi samarali vosita bo‘lishi mumkinligi aniqlandi. Sog‘liqni saqlash vazirligi tayyorlagan jahon tibbiyotidagi eng muhim yutuqlar haqidagi ma’lumotnomada qayd etilishicha, ushbu inyeksiyalarni muntazam qo‘llash semizlik bilan bog‘liq saraton xavfini qariyb 40 foizga kamaytiradi.Shuningdek, 2025-yilda gen tahrirlashning yangi usullari — prime editing texnologiyalari klinik amaliyotga yaqinlashdi. Ushbu usullar DNK zanjirini buzmasdan genetik kodni aniq va xavfsiz tarzda o‘zgartirish imkonini beradi. Bu irsiy kasalliklar va saraton xavfini oshiradigan mutatsiyalarni davolashda muhim ahamiyatga ega.Dori vositalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri kasallik o‘chog‘iga yetkazish texnologiyasi ishlab chiqildi. Fokuslangan ultratovush yordamida bioaktiv gel orqali preparat aniq organga yuboriladi, bu esa toksik ta’sirni kamaytiradi.Bundan tashqari, 2-toifa diabetni davolashda qo‘llaniladigan metformin preparati ayrim o‘smalar, jumladan KRAS mutatsiyalari bilan bog‘liq saraton o‘sishini sekinlashtirishi mumkinligi aniqlandi.Umuman, 2025-yilda jahon tibbiyotida genetika, sun’iy intellekt va “big data” texnologiyalari ustunlik qildi. Tibbiyot endilikda kasallikni davolashdan ko‘ra, uni oldindan aniqlash va oldini olishga ko‘proq e’tibor qaratmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20251105/irsiy-genetik-kasalliklar-yordam-53250061.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0a/0b/46071303_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_be4c1575ff6e2227359d0fe9d5c8ec42.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025 yil tibbiyot yutuqlari, diabet dorilari, saraton xavfi, metformin, sun’iy intellekt tibbiyotda, ai diagnostika, gen tahrirlash, prime editing, dori yetkazib berish texnologiyasi, ultratovush terapiyasi, elektr maydonlari, genetika, big data, sog‘liqni saqlash vazirligi
2025 yil tibbiyot yutuqlari, diabet dorilari, saraton xavfi, metformin, sun’iy intellekt tibbiyotda, ai diagnostika, gen tahrirlash, prime editing, dori yetkazib berish texnologiyasi, ultratovush terapiyasi, elektr maydonlari, genetika, big data, sog‘liqni saqlash vazirligi
Gen tahrirlash va AI: 2025-yilda tibbiyotda qanday yutuqlarga erishildi?
14:58 12.01.2026 (yangilandi: 15:17 12.01.2026) Tibbiyotda yondashuvlar o‘zgarib, kasallikni davolashdan ko‘ra uni oldindan bartaraf etishga qaratilgan sog‘lom tibbiy strategiya ustuvor bo‘ldi. Yil yutuqlari umrni uzaytirish tadqiqotlari bilan bog‘liq
TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. 2025 yilda dastlab diabet bilan kasallangan bemorlar uchun ishlab chiqilgan ayrim dorilar kutilmaganda saratonga qarshi samarali vosita bo‘lishi mumkinligi aniqlandi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi tayyorlagan jahon tibbiyotidagi eng muhim yutuqlar haqidagi ma’lumotnomada
qayd etilishicha, ushbu inyeksiyalarni muntazam qo‘llash semizlik bilan bog‘liq saraton xavfini qariyb 40 foizga kamaytiradi.
Shuningdek, 2025-yilda gen tahrirlashning yangi usullari — prime editing texnologiyalari klinik amaliyotga yaqinlashdi. Ushbu usullar DNK zanjirini buzmasdan genetik kodni aniq va xavfsiz tarzda o‘zgartirish imkonini beradi. Bu irsiy kasalliklar va saraton xavfini oshiradigan mutatsiyalarni davolashda muhim ahamiyatga ega.
Yangi avlod AI-platformalari kasallik tarixi, laboratoriya va MRT ma’lumotlarini tahlil qilib, onkologiya, nevrologiya va gastroenterologiyada shifokorlar uchun “ikkinchi fikr” sifatida qo‘llanilmoqda. AI shifokor o‘rnini bosmaydi, balki qaror qabul qilish aniqligi va tezligini oshiradi.
Dori vositalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri kasallik o‘chog‘iga yetkazish texnologiyasi ishlab chiqildi. Fokuslangan ultratovush yordamida bioaktiv gel orqali preparat aniq organga yuboriladi, bu esa toksik ta’sirni kamaytiradi.
Bundan tashqari, 2-toifa diabetni davolashda qo‘llaniladigan metformin preparati ayrim o‘smalar, jumladan KRAS mutatsiyalari bilan bog‘liq saraton o‘sishini sekinlashtirishi mumkinligi aniqlandi.
Olimlar past kuchlanishli elektr maydonlari orqali hujayralar faoliyatini boshqarish imkoniyatini ham kashf etdi. Bu usul yallig‘lanish, o‘sma o‘sishi va surunkali kasalliklarni davolashda yangi yo‘nalish sifatida qaralmoqda.
Umuman, 2025-yilda jahon tibbiyotida genetika, sun’iy intellekt va “big data” texnologiyalari ustunlik qildi. Tibbiyot endilikda kasallikni davolashdan ko‘ra, uni oldindan aniqlash va oldini olishga ko‘proq e’tibor qaratmoqda.