https://oz.sputniknews.uz/20260107/firibgarlik-guruh-qolga-olinish-54669841.html
“Musodara tovarlar” soxta kanallari: IIV firibgarlar qo‘lga olinganini ma’lum qildi
“Musodara tovarlar” soxta kanallari: IIV firibgarlar qo‘lga olinganini ma’lum qildi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda huquqni muhofaza qiluvchi organlar ijtimoiy tarmoqlarda bojxona tizimi nomidan faoliyat yuritib, fuqarolarni aldab kelgan jinoiy guruh faoliyatini to‘xtatdi.
2026-01-07T10:58+0500
2026-01-07T10:58+0500
2026-01-07T10:58+0500
o‘zbekiston
firibgarlik
ijtimoiy tarmoq
jinoyat kodeksi
bank kartasi
davlat bojxona qo‘mitasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/07/54669581_0:0:1280:720_1920x0_80_0_0_8fc7747b50c3f519e10da775674a1aa9.jpg
TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. Telegram va Instagram* ijtimoiy tarmoqlarida Davlat bojxona qo‘mitasi nomidan soxta kanal va guruhlar ochib, fuqarolarni aldab kelgan jinoiy guruh fosh etildi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Andijon viloyatida yashovchi 22–25 yoshli besh nafar shaxs ijtimoiy tarmoqlarda “Musodara tovarlar” va “Optom sklad” nomlari ostida kanal va guruhlar tashkil etgan. Ular “Bojxona qo‘mitasi admini”, “Ishonch siz bilan” kabi o‘nga yaqin soxta akkauntlar orqali o‘zlarini go‘yoki bojxona tizimi xodimlari sifatida tanishtirgan.Shuningdek, aslida mavjud bo‘lmagan motoskuterlarni yetkazib berishni va’da qilgan. To‘lovlar esa o‘zgalar nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari orqali qabul qilingan.Natijada 60 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, firibgarlik yo‘li bilan jami 117 million so‘m pul mablag‘lari o‘zlashtirilgan. Mahsulot talab qilgan yoki qayta aloqaga chiqqan jabrlanuvchilar ijtimoiy tarmoqlarda “qora ro‘yxat”ga kiritilib, javobsiz qoldirilgan.Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda yetkazilgan moddiy zararni qoplash choralari ko‘rilmoqda.* Meta (Instagram ijtimoiy tarmog‘i) faoliyati Rossiyada ekstremistik faoliyat sifatida taqiqlangan.
https://oz.sputniknews.uz/20251225/iiv-jinoiy-guruh-fosh-qilinish-54463182.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/07/54669581_161:0:1121:720_1920x0_80_0_0_046ed205d1b4905c8d375032058a2b00.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, firibgarlik, telegram, instagram, meta rossiyada taqiqlangan, davlat bojxona qo‘mitasi, iiv, andijon viloyati, soxta kanallar, ijtimoiy tarmoqlar, konfiskatsiya tovarlari
o‘zbekiston, firibgarlik, telegram, instagram, meta rossiyada taqiqlangan, davlat bojxona qo‘mitasi, iiv, andijon viloyati, soxta kanallar, ijtimoiy tarmoqlar, konfiskatsiya tovarlari
“Musodara tovarlar” soxta kanallari: IIV firibgarlar qo‘lga olinganini ma’lum qildi
O‘zbekistonda Telegram va Instagram* orqali bojxona nomidan firibgarlik qilgan jinoiy guruh fosh etildi. 60 nafar fuqaro jabrlangan, zarar 117 mln so‘mni tashkil etgan
TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. Telegram va Instagram* ijtimoiy tarmoqlarida Davlat bojxona qo‘mitasi nomidan soxta kanal va guruhlar ochib, fuqarolarni aldab kelgan jinoiy guruh fosh etildi. Bu haqda IIV matbuot xizmati
xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Andijon viloyatida yashovchi 22–25 yoshli besh nafar shaxs ijtimoiy tarmoqlarda “Musodara tovarlar” va “Optom sklad” nomlari ostida kanal va guruhlar tashkil etgan. Ular “Bojxona qo‘mitasi admini”, “Ishonch siz bilan” kabi o‘nga yaqin soxta akkauntlar orqali o‘zlarini go‘yoki bojxona tizimi xodimlari sifatida tanishtirgan.
Jinoiy guruh a’zolari maishiy texnika, muzlatkich va televizorlar, isitish qozonlari, oshxona va bolalar mebellari, turli gadjetlar, jumladan "iPhone"larning so‘nggi modellarini juda arzon narxlarda taklif qilgan.
Shuningdek, aslida mavjud bo‘lmagan motoskuterlarni yetkazib berishni va’da qilgan. To‘lovlar esa o‘zgalar nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari orqali qabul qilingan.
Natijada 60 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, firibgarlik yo‘li bilan jami 117 million so‘m pul mablag‘lari o‘zlashtirilgan. Mahsulot talab qilgan yoki qayta aloqaga chiqqan jabrlanuvchilar ijtimoiy tarmoqlarda “qora ro‘yxat”ga kiritilib, javobsiz qoldirilgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda yetkazilgan moddiy zararni qoplash choralari ko‘rilmoqda.
* Meta (Instagram ijtimoiy tarmog‘i) faoliyati Rossiyada ekstremistik faoliyat sifatida taqiqlangan.