https://oz.sputniknews.uz/20260106/china-kompaniya-kadrlar-uzbekistan-tayyorlash-54662376.html
Xitoyning eng yirik kompaniyalaridan biri endi o‘z kadrlarini O‘zbekistonda tayyorlaydi
Xitoyning eng yirik kompaniyalaridan biri endi o‘z kadrlarini O‘zbekistonda tayyorlaydi
Sputnik O‘zbekiston
Olmaliq davlat texnika instituti va Xitoyning CONCH Cement o‘rtasida hamkorlik bitimi imzolandi. Ushbu hamkorlik doirasida O‘zbekistonda kadrlar tayyorlash, ilmiy tadqiqotlar va innovatsion texnologiyalarni joriy etish rejalashtirilgan.
2026-01-06T16:59+0500
2026-01-06T16:59+0500
2026-01-06T16:59+0500
ta’lim
hamkorlik
sement
korxona
otm
o‘zbekiston
xitoy
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/06/54661339_0:0:1280:720_1920x0_80_0_0_fb9dc7ef142e91a8f76bb10462222efd.jpg
TOShKENT, 6 yanv — Sputnik. Olmaliq davlat texnika instituti hamda Xitoyning konchilik va qurilish materiallarini ishlab chiqarish sohasidagi dunyoning eng yirik kompaniyalaridan biri bo‘lgan "CONCH Cement" o‘rtasida strategik sheriklik va hamkorlik bo‘yicha bitim imzolandi. Bu haqda institut matbuot xizmati xabar berdi.Mazkur bitimda ishlab chiqarish, ta’lim va ilmiy-tadqiqot sohasida tajriba almashish, kon elektromexanikasi yo‘nalishida yangi istiqbolli qo‘shma loyihalarni bajarish va innovatsion texnologiyalarni ta’lim jarayoniga xitoylik olimlar bilan hamkorlikda joriy etish maqsadi belgilandi.Bundan tashqari, Olmaliq davlat texnika instituti bazasida "CONCH Cement" tarkibiy bo‘linmalari uchun kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, kompaniya xodimlarining malakasini oshirish hamda qo‘shma ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini amalga oshirish masalalari ham kelishib olindi.Ta’kidlanganidek, bularning barchasi prezident o‘z Qarorida mazkur OTM oldiga qo‘ygan pirovard maqsad - Institutda jahon miqyosidagi geologiya, metallurgiya va texnikaga ixtisoslashgan ilg‘or muhandislik maktabini yaratishga qaratilgan.Bugungi kunda Xitoyning “CONCH Cement” kompaniyasi butun dunyo bo‘ylab sement hamda qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchi yuzlab korxonalarni o‘z ichiga qamrab olgan bo‘lib, konchilik sohasining eng yirik vakillaridan hisoblanadi. Yiliga bir necha yuz million tonna mahsulot ishlab chiqarib, dunyoning 20 davlatiga eksport qiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20251204/avstraliya-ozbekiston-sarmoya-53932212.html
o‘zbekiston
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/06/54661339_160:0:1120:720_1920x0_80_0_0_41fd130290bdfb7f1803a43785762709.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
xitoy kompaniyalari, conch cement, olmaliq davlat texnika instituti, o‘zbekiston ta’lim, kadrlar tayyorlash, konchilik, sement sanoati, ilmiy hamkorlik, innovatsion texnologiyalar, muhandislik ta’limi, o‘zbekiston–xitoy hamkorligi
xitoy kompaniyalari, conch cement, olmaliq davlat texnika instituti, o‘zbekiston ta’lim, kadrlar tayyorlash, konchilik, sement sanoati, ilmiy hamkorlik, innovatsion texnologiyalar, muhandislik ta’limi, o‘zbekiston–xitoy hamkorligi
Xitoyning eng yirik kompaniyalaridan biri endi o‘z kadrlarini O‘zbekistonda tayyorlaydi
CONCH Cement va Olmaliq davlat texnika instituti o‘rtasida hamkorlik bitimi imzolandi.
TOShKENT, 6 yanv — Sputnik. Olmaliq davlat texnika instituti hamda Xitoyning konchilik va qurilish materiallarini ishlab chiqarish sohasidagi dunyoning eng yirik kompaniyalaridan biri bo‘lgan "CONCH Cement" o‘rtasida strategik sheriklik va hamkorlik bo‘yicha bitim imzolandi. Bu haqda institut matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur bitimda ishlab chiqarish, ta’lim va ilmiy-tadqiqot sohasida tajriba almashish, kon elektromexanikasi yo‘nalishida yangi istiqbolli qo‘shma loyihalarni bajarish va innovatsion texnologiyalarni ta’lim jarayoniga xitoylik olimlar bilan hamkorlikda joriy etish maqsadi belgilandi.
Bundan tashqari, Olmaliq davlat texnika instituti bazasida "CONCH Cement" tarkibiy bo‘linmalari uchun kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, kompaniya xodimlarining malakasini oshirish hamda qo‘shma ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini amalga oshirish masalalari ham kelishib olindi.
Bunda korxona uchun istiqbolli sohalarda mutaxassislar tayyorlash, talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun Xitoy va boshqa xorijiy davlatlarda stajirovka dasturlarini tashkil qilish, korxonaning dolzarb muammolari yuzasidan ilmiy izlanishlar olib borish kabi qator mavzularda ham takliflar ilgari surildi.
Ta’kidlanganidek, bularning barchasi prezident o‘z Qarorida mazkur OTM oldiga qo‘ygan pirovard maqsad - Institutda jahon miqyosidagi geologiya, metallurgiya va texnikaga ixtisoslashgan ilg‘or muhandislik maktabini yaratishga qaratilgan.
Bugungi kunda Xitoyning “CONCH Cement” kompaniyasi butun dunyo bo‘ylab sement hamda qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchi yuzlab korxonalarni o‘z ichiga qamrab olgan bo‘lib, konchilik sohasining eng yirik vakillaridan hisoblanadi. Yiliga bir necha yuz million tonna mahsulot ishlab chiqarib, dunyoning 20 davlatiga eksport qiladi.