Qoraqalpog‘istonda qish doim sovuq va shamolli bo‘ladi. Ob-havo qanday bo‘lishidan qat’i nazar, Nukus aholisi va mehmonlari bayram va shodlik muhitiga to‘liq sho‘ng‘ish uchun har doim Yangi yil bayramlarini intiqlik bilan kutishadi.Qoraqalpog‘istonda bayramlar doimo ko‘tarinki ruhda nishonlanadi.Nukuslik Oygul Sabirboyevaning aytishicha, odamlar imkon qadar yangi yil bayramiga eng sara va mazali taomlar tayyorlashga harakat qilishadi. Ular eng chiroyli taomlar bilan dasturxon yozadilar, shirinliklar, mevalar, salatlar qo‘yishadi, har doim manti va samsa tayyorlashadi."Masalan, dasturxondagi manti bo‘lishi bu farovonlik timsoli, degan odat bor. To‘kinlik, go‘yoki biz xamir ichiga solib qo‘ygan go‘sht kabi oilada qoladi", - deydi u.Oygul yana bir yaxshi an’ana haqida aytib berdi. Kechqurun Nukus shahri aholisi va mehmonlari bosh archa o‘rnatilgan "Do‘stlik" maydoniga oshiqadi. Bu yerda Har oqshom qoraqalpoq estradasi yulduzlari va di-jeylar konsertlari bo‘lib o‘tadi.Darvoqe, Nukusdagi archa o‘ziga xos xususiyatga ega: u chiroq va gulchambarlardan yasalgan o‘tov ichiga o‘rnatilganga o‘xshaydi.Bu yerda, shuningdek, oziq-ovqat shoxobchalari, kattalar va bolalar uchun o‘yin-kulgi, foto zonalari mavjud.Bayram kunlari aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida atrofida IIV, o‘t o‘chirish va tez yordam mashinalari navbatchilik qilmoqda.
Nukusda Yangi yil bayramining asosiy tadbirlari "Do‘stlik" maydonida bo‘lib o‘tmoqda.
Qoraqalpog‘istonda qish doim sovuq va shamolli bo‘ladi. Ob-havo qanday bo‘lishidan qat’i nazar, Nukus aholisi va mehmonlari bayram va shodlik muhitiga to‘liq sho‘ng‘ish uchun har doim Yangi yil bayramlarini intiqlik bilan kutishadi.
Bayram tadbirlari "Do‘stlik" maydonida bo‘lib o‘tmoqda
Qoraqalpog‘istonda bayramlar doimo ko‘tarinki ruhda nishonlanadi.
Nukuslik Oygul Sabirboyevaning aytishicha, odamlar imkon qadar yangi yil bayramiga eng sara va mazali taomlar tayyorlashga harakat qilishadi. Ular eng chiroyli taomlar bilan dasturxon yozadilar, shirinliklar, mevalar, salatlar qo‘yishadi, har doim manti va samsa tayyorlashadi.
"Masalan, dasturxondagi manti bo‘lishi bu farovonlik timsoli, degan odat bor. To‘kinlik, go‘yoki biz xamir ichiga solib qo‘ygan go‘sht kabi oilada qoladi", - deydi u.
Oygul yana bir yaxshi an’ana haqida aytib berdi.
"Yaxshi kunlarda ham, og‘ir damlarda ham birga bo‘lishga, bir-birimizga yordam berishga harakat qilamiz. Shuning uchun ham Yangi yil va keyingi dam olish kunlarida har bir kishi odatda qo‘ni-qo‘shni, qarindosh-urug‘ va do‘stlarnikiga borib, bayram kayfiyatidan ozgina bo‘lsa ham bo‘lishishga harakat qiladi. Ayniqsa, bolalar va keksalarni xursand qilish juda muhim", - deydi u.
Kechqurun Nukus shahri aholisi va mehmonlari bosh archa o‘rnatilgan "Do‘stlik" maydoniga oshiqadi. Bu yerda Har oqshom qoraqalpoq estradasi yulduzlari va di-jeylar konsertlari bo‘lib o‘tadi.
Darvoqe, Nukusdagi archa o‘ziga xos xususiyatga ega: u chiroq va gulchambarlardan yasalgan o‘tov ichiga o‘rnatilganga o‘xshaydi.
Bu yerda, shuningdek, oziq-ovqat shoxobchalari, kattalar va bolalar uchun o‘yin-kulgi, foto zonalari mavjud.
Bayram kunlari aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida atrofida IIV, o‘t o‘chirish va tez yordam mashinalari navbatchilik qilmoqda.