Xabarovskda O‘zbekiston fuqarosining o‘limi sabablari o‘rganilmoqda - TIV

© Foto: V.N. Gorelix, predostavleno press-slujboy GUMVD po Sverdlovskoy oblastiSotrudnik rossiyskoy politsii
Sotrudnik rossiyskoy politsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.01.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston fuqarosi politsiya tomonidan 12-dekabrda o‘tkazilgan tekshiruv davomida qo‘lga olinganidan so‘ng vafot etgan.
TOShKENT, 2 yanv — Sputnik. Xabarovsk shahrida O‘zbekiston fuqarosining vafoti bilan bog‘liq holat O‘zbekistonning Vladivostokdagi Bosh konsulxonasi va Migratsiya agentligi tomonidan nazoratga olingan, deb xabar qildi Tashqi ishlar vazirligi.
"Hodisa yuzasidan O‘zbekiston Bosh konsulxonasi tomonidan Xabarovsk o‘lkasi Prokuraturasi, Tergov boshqarmasi hamda Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Xabarovsk o‘lkasidagi vakolatxonasiga notalar yuborilib, holatni har tomonlama xolisona va qonuniy tartibda o‘rganish so‘raldi",
Ayni paytda fuqaroning vafot etish sabablari bo‘yicha rasman tasdiqlangan ma’lumot mavjud emas. Tegishli idoralardan aniq ma’lumotlar kelib tushishi bilan jamoatchilikka qo‘shimcha axborot beriladi.
Bosh konsulxona marhumning yaqinlari bilan doimiy aloqada bo‘lib, ularga zarur konsullik va amaliy yordam ko‘rsatmoqda. Fuqaroning jasadini Vatanga qaytarish bo‘yicha tegishli ishlar olib borilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda tilga olingan ikkinchi fuqaro haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmadi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarosi politsiya tomonidan 12-dekabrda o‘tkazilgan tekshiruv davomida qo‘lga olingan. Shundan so‘ng u vafot etgan.
Yangiliklar lentasi
0