https://oz.sputniknews.uz/20260101/oziq-ovqat-mahsulotlari-boj-54597955.html
Oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan bojxona bojining nol stavkasi muddati uzaytirildi
Oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan bojxona bojining nol stavkasi muddati uzaytirildi
Sputnik O‘zbekiston
Bojsiz import 36 toifadagi tovarlar uchun saqlanib qoladi — konservalangan go‘shtdan tortib bolalar kiyim-kechagicha. 01.01.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-01-01T14:18+0500
2026-01-01T14:18+0500
2026-01-01T14:18+0500
iqtisod
bojxona boji
oziq-ovqat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/14/45286724_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_50714a0362e2cdbb51d605a331036c34.jpg
TOShKENT, 1 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda asosiy oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan bojxona bojining nol stavkasini qo‘llash muddati uzaytirildi.Prezident imzolagan yangi farmonga ko‘ra, ichki iste’mol bozoridagi ijtimoiy ahamiyatga ega tovarlar importiga nisbatan bojxona bojining nol stavkasini qo‘llash muddati 2027-yil 1-yanvariga qadar uzaytirildi.Ro‘yxatda qoramol va qo‘y go‘shti, baliq, shakar, sariyog‘ va sutdan tayyorlangan boshqa moylar va yog‘lar, parranda tuxumlari, banan, sitrus mevalari (limondan tashqari), qahva, choy, hayvon va o‘simlik yog‘lari va moylari, margarin, xamirturush, bug‘doy uni, yogurt, pishloq va tvoroglar, piyoz, sarimsoqpiyoz, quritilgan xurmo, olma, nok, behi, un, tayyor yoki konservalangan go‘sht mahsulotlari, murabbo, mevali jele, marmelad, konservalangan mevalar, yong‘oqlar, souslar, mineral va gazlangan suvlar, bolalar kiyimi, poyabzal va boshqa ko‘plab mahsulotlar o‘rin olgan.Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda zarur hollarda “oziq-ovqat xavfsizligi, aholining oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy turlari bilan ta’minlanganligi darajasi hamda ichki bozorda narxlar barqarorligidan kelib chiqqan holda” bojxona bojining nol stavkasi qo‘llaniladigan tovarlar ro‘yxatini o‘zgartirish bo‘yicha prezident ma’muriyatiga takliflar kiritish vazifasi yuklatilgan.O‘zbekistonda 2025-yil oxirigacha 2023-yil martida joriy etilgan 36 toifadagi oziq-ovqat va boshqa tovarlarga bojxona to‘lovlarining nol stavkalari amal qilardi.
https://oz.sputniknews.uz/20251223/bojxonada-tadbirkorlar-engilliklar-54416627.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/14/45286724_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_1abbff47e9c9b9379a55269702692703.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, bojxona boji, oziq-ovqat
iqtisod, bojxona boji, oziq-ovqat
Oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan bojxona bojining nol stavkasi muddati uzaytirildi
Bojsiz import 36 toifadagi tovarlar uchun saqlanib qoladi — konservalangan go‘shtdan tortib bolalar kiyim-kechagicha.
TOShKENT, 1 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda asosiy oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan bojxona bojining nol stavkasini qo‘llash muddati uzaytirildi.
Prezident imzolagan
yangi farmonga ko‘ra, ichki iste’mol bozoridagi ijtimoiy ahamiyatga ega tovarlar importiga nisbatan bojxona bojining nol stavkasini qo‘llash muddati 2027-yil 1-yanvariga qadar uzaytirildi.
Ro‘yxatda qoramol va qo‘y go‘shti, baliq, shakar, sariyog‘ va sutdan tayyorlangan boshqa moylar va yog‘lar, parranda tuxumlari, banan, sitrus mevalari (limondan tashqari), qahva, choy, hayvon va o‘simlik yog‘lari va moylari, margarin, xamirturush, bug‘doy uni, yogurt, pishloq va tvoroglar, piyoz, sarimsoqpiyoz, quritilgan xurmo, olma, nok, behi, un, tayyor yoki konservalangan go‘sht mahsulotlari, murabbo, mevali jele, marmelad, konservalangan mevalar, yong‘oqlar, souslar, mineral va gazlangan suvlar, bolalar kiyimi, poyabzal va boshqa ko‘plab mahsulotlar o‘rin olgan.
Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda zarur hollarda “oziq-ovqat xavfsizligi, aholining oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy turlari bilan ta’minlanganligi darajasi hamda ichki bozorda narxlar barqarorligidan kelib chiqqan holda” bojxona bojining nol stavkasi qo‘llaniladigan tovarlar ro‘yxatini o‘zgartirish bo‘yicha prezident ma’muriyatiga takliflar kiritish vazifasi yuklatilgan.
O‘zbekistonda 2025-yil oxirigacha 2023-yil martida joriy etilgan 36 toifadagi oziq-ovqat va boshqa tovarlarga bojxona to‘lovlarining nol stavkalari amal qilardi.