Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Yangi yil bilan tabrikladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.01.2026
Obuna bo‘lish
Prezident: Aholining yordamga muhtoj qatlamlari, muhtaram keksalarimiz, qadrli xotin-qizlar va navqiron yoshlarimizni qo‘llab-quvvatlashni kengaytiramiz.
TOShKENT, 1 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yangi yil bayrami munosabati bilan xalqqa tabrik yo‘lladi.
Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, dunyodagi murakkab vaziyatga qaramasdan, mamlakat o‘z oldiga qo‘ygan barcha maqsad va marralarga erishdi. O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti hajmi ilk bor 145 milliard dollardan oshdi va mamlakat o‘rta daromadli davlatlar qatoridagi o‘rnini mustahkamladi.

“Biz kelgusi yilda ham har bir oilaning baxtli, farovon va sog‘lom hayot kechirishi, yoshlarimizning sifatli ta’lim olishlari, kelajak kasblarini egallashlari va sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun yangi-yangi imkoniyatlarni ishga solamiz. Biz2026 yilni “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb e’lon qildik”, - dedi Mirziyoyev.

Ta’kidlanishicha, barcha iqtisodiyot tarmoqlarini texnologik va innovatsion o‘sish modeliga o‘tkaziladi. Xalqning daromadi va xarid qobiliyatini oshirish ishlari yanada jadallashtiriladi. Aholining yordamga muhtoj qatlamlari, keksalar, xotin-qizlar va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash kengaytiriladi.
“Bir so‘z bilan aytganda, yangi 2026-yilda ham barcha islohotlarimiz, sa’y-harakatlarimiz odamlarimiz yaxshi yashashi va biznes uchun eng qulay sharoitlarni yaratishga qaratiladi”, - dedi davlat rahbari.
“Har birimizning pok niyatlarimiz, ezgu maqsadlarimiz 2026-yilda albatta amalga oshsin! Yangi yil har bir oilaga sihat-salomatlik, baxt-saodat, qut-baraka, yurtimizga yuksak taraqqiyot, tinchlik-xotirjamlik olib kelsin! Yaratgan Parvardigor Vatanimizni asrasin, xalqimiz hayotini yanada yaxshilash yo‘lidagi ishlarimizda madadkor bo‘lsin! Yangi yil barchamizga muborak bo‘lsin, azizlarim!”, - deya tabrigini yakunladi Mirziyoyev.
Uzbekistan v preddverii dosrochnix viborov prezidenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.12.2025
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi yangi tahrirda tayyorlandi
Yangiliklar lentasi
0