https://oz.sputniknews.uz/20260101/milliy-sertifikatlashtirish-menejment-tizimi-54597585.html
Korrupsiyaga qarshi Milliy sertifikatlashtirish menejment tizimi joriy etiladi
Korrupsiyaga qarshi Milliy sertifikatlashtirish menejment tizimi joriy etiladi
Sputnik O‘zbekiston
Bu tizim birinchi navbatda Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimi natijalariga ko‘ra “qoniqarsiz” deb baholangan davlat... 01.01.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-01-01T15:13+0500
2026-01-01T15:13+0500
2026-01-01T15:13+0500
jamiyat
o‘zbekiston
korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/06/18173826_232:635:2743:2048_1920x0_80_0_0_4485b185282bcb44c480d8170e551531.jpg
TOShKENT, 1 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi Milliy sertifikatlashtirish menejment tizimi joriy etiladi. Bu prezident imzolagan korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi farmonda belgilangan.Farmonga ko‘ra, davlat organlari va tashkilotlaridagi korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalarining faoliyati Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan uzviy hamkorlikda tashkil etiladi.2026 yil 1-iyuldan davlat organlari va tashkilotlarida 2030-yilgacha bosqichma-bosqich korrupsiyaga qarshi Milliy sertifikatlashtirish menejment tizimi joriy etiladi.Bunda:Milliy sertifikatlashtirish menejment tizimining belgilangan muddatlarda joriy etilmaganligi davlat organi yoki tashkiloti rahbari va o‘rinbosarlariga tizim joriy etilgunga qadar bo‘lgan muddatda barcha rag‘batlantirish to‘lovlari to‘xtatib turilishiga sabab bo‘ladi.Agentlik, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari, ilmiy muassasalar, korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari va fuqarolik jamiyati institutlarining doimiy hamkorligiga asoslangan Korrupsiyaning oldini olishning yaxlit tizimi joriy etiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20251226/korruptsiyaga-qarshi-kurashish-54489349.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/06/18173826_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_88f78258e64aae762e13c7009969e375.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
jamiyat, o‘zbekiston, korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Korrupsiyaga qarshi Milliy sertifikatlashtirish menejment tizimi joriy etiladi
Bu tizim birinchi navbatda Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimi natijalariga ko‘ra “qoniqarsiz” deb baholangan davlat organlari va tashkilotlarida joriy etiladi.
TOShKENT, 1 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi Milliy sertifikatlashtirish menejment tizimi joriy etiladi. Bu prezident imzolagan korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi farmonda
belgilangan. Farmonga ko‘ra, davlat organlari va tashkilotlaridagi korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalarining faoliyati Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan uzviy hamkorlikda tashkil etiladi.
2026 yil 1-iyuldan davlat organlari va tashkilotlarida 2030-yilgacha bosqichma-bosqich korrupsiyaga qarshi Milliy sertifikatlashtirish menejment tizimi joriy etiladi.
ushbu tizim birinchi navbatda Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimi natijalariga ko‘ra “qoniqarsiz” deb baholangan davlat organlari va tashkilotlarida joriy etiladi;
davlat organlari va tashkilotlarida Milliy sertifikatlashtirish menejment tizimini joriy etish Agentlik tomonidan tasdiqlanadigan reja-grafikka muvofiq bosqichma-bosqich amalga oshiriladi;
Milliy sertifikatlashtirish menejment tizimining belgilangan muddatlarda joriy etilmaganligi davlat organi yoki tashkiloti rahbari va o‘rinbosarlariga tizim joriy etilgunga qadar bo‘lgan muddatda barcha rag‘batlantirish to‘lovlari to‘xtatib turilishiga sabab bo‘ladi.
Agentlik, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari, ilmiy muassasalar, korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari va fuqarolik jamiyati institutlarining doimiy hamkorligiga asoslangan Korrupsiyaning oldini olishning yaxlit tizimi joriy etiladi.