“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi yangi tahrirda tayyorlandi
13:03 31.12.2025 (yangilandi: 13:06 31.12.2025)

© Sputnik / Ilya Pitalev
/ Obuna bo‘lish
Strategiyadagi barcha 444 ta samaradorlik ko‘rsatkichi bugungi kun nuqtayi nazaridan qayta ko‘rib chiqildi.
TOShKENT, 31 dek — Sputnik. Besh yilga — 2026−2030 yillarga mo‘ljallangan "O‘zbekiston-2030" strategiyasining qayta ko‘rib chiqilgan loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi. Bu haqda Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi xabar berdi.
Yangilangan strategiya loyihasi 350 tadan ortiq davlat organi va ilmiy markazlar vakillarini hisobga olgan holda ishlab chiqildi, ular amaldagi strategiyaning 444 ta samaradorlik ko‘rsatkichlarining har birini baholadi.
Ma’lum qilinishicha, prezident topshiriqlariga muvofiq, ushbu hujjat keng jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilib, aholining fikr-mulohazalari asosida takomillashtiriladi.
Tayyorlangan loyiha bir nechta xususiyatlarga ega.
Birinchidan, barcha ko‘rsatkichlar "har bir inson va oila hayotida sezilishi" kerak bo‘lgan yangi maqsadlarni hisobga olgan holda qayta ko‘rib chiqildi va to‘ldirildi.
Ikkinchidan, barcha ko‘rsatkichlar o‘lchanadigan, ya’ni raqamlarda ifodalanadigan bo‘ldi, baholash yoki o‘lchash mumkin bo‘lmagan, umumiy vazifalar, topshiriqlar va shiorlarni ifodalovchi ko‘rsatkichlar chiqarib tashlandi (ular 130 ta edi),
Uchinchidan, barcha ko‘rsatkichlarning bajarilishi yillar bo‘yicha amalga oshirilishi belgilandi, bu esa har bir yil uchun taraqqiyotni kuzatish imkonini beradi.
To‘rtinchidan, har bir vazirlik va idora bo‘yicha (60 gayaqin) samaradorlik ko‘rsatkichlari belgilandi.
Beshinchidan, hujjatda har bir ko‘rsatkichga erishish uchun zarur bo‘lgan aniq moliyalashtirish manbalari ko‘rsatildi.
Oltinchidan, loyihada tarmoqlar, sohalar va hududlarni rivojlantirishning barcha konsepsiya va strategiyalari "O‘zbekiston — 2030" strategiyasiga muvofiq bo‘lishi belgilanmoqda. Loyiha ilovasida 50 tadan ortiq shunday hujjat (4 ta konsepsiya, 38 ta soha va tarmoqni rivojlantirish strategiyasi, 14 ta hududni rivojlantirish strategiyasi) nomlari keltiriladi.
Strategiyaning samaradorlik ko‘rsatkichlariga erishish yana barcha davlat organlari va tashkilotlarining ustuvor vazifasi etib belgilanadi.
2023 yilda O‘zbekiston aholisi soni 36,7 million nafarni tashkil qilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2030-yilga borib 41 milliongacha oshishi prognoz qilinmoqda. Har bir yangi maqsadni ushbu o‘sishni inobatga olib belgilash ham muhim.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 26-dekabr kuni Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan murojaatnomasida erishilgan ulkan natijalar, yangi ustuvor vazifalar “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini qayta ko‘rib chiqishni taqozo etayotganini ta’kidlagan edi.
