Toshkentda bayram shukuhi: shahar Yangi yilni qanday qarshi olyapti?

Obuna bo‘lish
Yangi yil arafasida Toshkent ko‘chalari bayramona chiroqlar, installyatsiyalar va archalar bilan bezatildi. Poytaxtning turli hududlarida konsertlar va shou-dasturlar o‘tkazilmoqda
TOShKENT, 30 dek — Sputnik. Yangi yil kirib kelishiga oz fursat qoldi. O‘zbekiston poytaxti bo‘ylab ham bayram shukuhi kezmoqda. Jilvakor chiroqlar bilan bezatilgan Toshkent ko‘chalari, bayram archasi o‘rnatilgan sehrli maydonlar Yangi yilni sevuvchi har bir kishiga ajoyib his-tuyg‘ularni bag‘ishlamoqda.
Shahar do‘konlarini to‘ldirib turgan sovg‘alarning xaridorlari bisyor. Kimdir farzandi, kimdir yaqinlari va yana kimdir sevimli insoni uchun chiroyli qutilarga o‘ralgan sovg‘alar xarid qilmoqda. Va yana kimlardir shunchaki bayram muhitidan zavqlanmoqda. Poytaxt ko‘chalari bayramona installyatsiyalar bilan bezatilgan, bayram archalarida bolalar va kattalar uchun qiziqarli dasturlar, konsertlar va bir qator surprizlar tayyorlangan.
Bayram tadbirlari shaharning deyarli har bir hududida o‘tkazilmoqda. Toshkentning bosh archasi esa an’anaviy ravishda Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona oldida o‘rnatilgan.
Archa o‘rnatilgan maydon 1,3 gektarni tashkil etadi balandligi 35 metr, unga ilingan o‘yinchoqlar soni esa 33 mingta. U yerda har kuni kechki soatlarda aholini qiziqarli shou va konsertlar kutmoqda.
Poytaxtda bayram tadbirlari 10-yanvargacha davom etadi.
Ba’tafsil Sputnik O‘zbekiston videosida.
Yangiliklar lentasi
0