Prezidentning o‘nlab tashriflari, 310 ta xalqaro hujjat: TIV yil yakunlarini sarhisob qildi

© Sputnik / Zafar XalilovZdanie ministerstvo inostrannix del
Zdanie ministerstvo inostrannix del - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.12.2025
Obuna bo‘lish
Ma’lum qilinishicha, 2025-yilda tashqi siyosatda oliy va yuqori darajadagi tashriflar, xalqaro tadbirlar, biznes hamkorlik, konsullik hamda axborot yo‘nalishlarida salmoqli natijalarga erishilgan
TOShKENT, 29 dek — Sputnik. O‘zbekistonning turizm salohiyatini targ‘ib etish doirasida mamlakatga 712 nafar xorijiy turoperator, 450 nafar media vakili, 269 nafar travel-bloger tashrif buyurdi, shuningdek, 10 milliondan ortiq obunachiga ega 30 nafarga yaqin inflyuyenser jalb etildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligining yillik brifingida ma’lum qilindi.
Brifingda vazirlikning 2025-yildagi faoliyati yuzasidan quyidagi asosiy bayonotlar bildirildi:
Oliy darajadagi tashriflar
Prezidentning xorijga tashriflari — 28 ta
O‘zbekistonga oliy darajadagi tashriflar — 23 ta
Jami yuqori darajadagi xorijiy tashriflar — 600 tadan ziyod
O‘zbekiston delegatsiyalarining xorijga safarlari — 700 taga yaqin
Hujjatlar va tashabbuslar
Imzolangan xalqaro hujjatlar — 310 ta
Strategik sheriklik o‘rnatilgan yoki kuchaytirilgan davlatlar — 9 ta
Ilgari surilgan tashabbuslar — 100 taga yaqin
Biznes va investitsiya
O‘zbekistonda 80 tadan ortiq, xorijda esa 200 taga yaqin biznes-forum hamda 25 ta “Investorlar kuni” tadbiri o‘tkazildi.
Ishtirok etgan xorijiy kompaniyalar — 2000 taga yaqin
Konsullik va vatandoshlar
Konsullik xizmatlari — 162 mingdan ziyod fuqaro
Xorijda ish bilan ta’minlanganlar — 15 mingdan ziyod
Vatanga qaytarilgan fuqarolar — 250 nafar
Axborot va imidj
E’lon qilingan axborot materiallari — 22 700 tadan ziyod
Xorijiy OAVda maqolalar — 6000 tadan ziyod
Ijtimoiy tarmoqlar auditoriyasi — 230 ming obunachi
Prezident podcherknul vajnuyu rol institutov grajdanskogo obshestva v obespechenii effektivnosti reform - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.12.2025
Mirziyoyev mamlakatning tashqi siyosatini belgilab berdi
Yangiliklar lentasi
0