"Shaxsiyat darchasi": yangi badiiy ko‘rgazma ochildi
"Shaxsiyat darchasi": yangi badiiy ko‘rgazma ochildi
Sputnik O‘zbekiston
“Ilhom” teatrida "Shaxsiyat darchasi" ko‘rgazmasi ochildi. Rassomlar Xurshed Xalilov va Isomiddin Eshonqulovning loyihasi tashqi olam va ichki olam o‘rtasidagi muloqot orqali o‘z taqdirini o‘zi belgilash mavzusini ochib beradi.
"Ilhom" teatri ko‘rgazmalar zalida rassomlar Xurshid Xalilov va Isomiddin Eshonqulovning "Shaxsiyat darchasi" loyihasi taqdim etildi. Ekspozitsiya ikki xil badiiy til va ikki xil yo‘nalishni — tashqi dunyo hamda ichki olamga sayohatni birlashtirib, tomoshabinni zamonaviy inson qiyofasi qanday shakllanishi haqida mushohada yuritishga chorlaydi.Xurshid Xalilovning asarlari fazo va nur uyg‘unligiga asoslangan. Uning rangtasviri shakl, sukunat va harakatning nozik psixologik tajribasiga tayanadi. Xalilov ijodidagi me’moriy tuzilmalar va rang tekisliklari ichki izlanish, nafas va ongli mavjudlik metaforasiga aylanadi. Bu yerda nur shunchaki vizual element emas, balki ong holati va ma’naviy yo‘lni ifodalovchi mustaqil tildir.Isomiddin Eshonqulov esa, aksincha, inson ongining tub-tubiga kirib borishni taklif etadi. Uning surrealistik kompozitsiyalari ramzlar, madaniy kodlar va hissiy qatlamlarga boy. Rassom xotira, tasavvur, mifologiya va insoniyat mavjudligining falsafiy savollari to‘qnashadigan "ichki manzara"larni yaratadi. Uning vizual tili ko‘p qatlamli, dramatik va ichki taranglikka to‘la.Ko‘rgazma nomi — "Shaxsiyat darchasi" loyihaning asosiy ma’nosini ochib beradi. Bu tashqi va ichki olam kesishgan nuqta, muloqot maydonidir. Bu yerda inson o‘zligini anglash jarayonining faol ishtirokchisiga aylanadi. Shaxsiyat darchasi (o‘zlik) bu yerda qat’iy tushuncha emas, balki nigoh va kontekstga qarab o‘zgaruvchi jonli shakl sifatida namoyon bo‘ladi.Ko‘rgazma "Ilhom" teatri ko‘rgazmalar zalida 19-yanvarga qadar davom etadi.
Rassomlar Xurshed Xalilov va Isomiddin Eshonqulovning loyihasi tashqi olam va ichki olam o‘rtasidagi muloqot orqali o‘z taqdirini o‘zi belgilash mavzusini ochib beradi.
"Ilhom" teatri ko‘rgazmalar zalida rassomlar Xurshid Xalilov va Isomiddin Eshonqulovning "Shaxsiyat darchasi" loyihasi taqdim etildi. Ekspozitsiya ikki xil badiiy til va ikki xil yo‘nalishni — tashqi dunyo hamda ichki olamga sayohatni birlashtirib, tomoshabinni zamonaviy inson qiyofasi qanday shakllanishi haqida mushohada yuritishga chorlaydi.
Xurshid Xalilovning asarlari fazo va nur uyg‘unligiga asoslangan. Uning rangtasviri shakl, sukunat va harakatning nozik psixologik tajribasiga tayanadi. Xalilov ijodidagi me’moriy tuzilmalar va rang tekisliklari ichki izlanish, nafas va ongli mavjudlik metaforasiga aylanadi. Bu yerda nur shunchaki vizual element emas, balki ong holati va ma’naviy yo‘lni ifodalovchi mustaqil tildir.
Isomiddin Eshonqulov esa, aksincha, inson ongining tub-tubiga kirib borishni taklif etadi. Uning surrealistik kompozitsiyalari ramzlar, madaniy kodlar va hissiy qatlamlarga boy. Rassom xotira, tasavvur, mifologiya va insoniyat mavjudligining falsafiy savollari to‘qnashadigan "ichki manzara"larni yaratadi. Uning vizual tili ko‘p qatlamli, dramatik va ichki taranglikka to‘la.
"Shaxsiyat darchasi" — bu tugallangan ta’rif emas, balki tashqi olam nuri va ichki dunyo qarama-qarshiligida tug‘iladigan, doimiy o‘zgarib turuvchi jonli shakldir", — deydi zamonaviy san’at maskani "Bonum Factum" galereyasi asoschisi va direktori Shahnoza Karimbabayeva.
Ko‘rgazma nomi — "Shaxsiyat darchasi" loyihaning asosiy ma’nosini ochib beradi. Bu tashqi va ichki olam kesishgan nuqta, muloqot maydonidir. Bu yerda inson o‘zligini anglash jarayonining faol ishtirokchisiga aylanadi. Shaxsiyat darchasi (o‘zlik) bu yerda qat’iy tushuncha emas, balki nigoh va kontekstga qarab o‘zgaruvchi jonli shakl sifatida namoyon bo‘ladi.
Ko‘rgazma "Ilhom" teatri ko‘rgazmalar zalida 19-yanvarga qadar davom etadi.