Dasturxonda olivye va qalbda umid: o‘zbekistonliklar Yangi yilga qanday hozirlik ko‘rishapti

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Yangi yil o‘zbekistonliklar uchun oilaviy bayramlardan biri bo‘lib qolmoqda.
Yangi yil arafasida biz Toshkent ko‘chalariga chiqib, aholidan ular bayramga qanday tayyorgarlik ko‘rishayotgani va uni qanday hissiyotlar bilan kutib olishayotgani bilan qiziqdik.
Ularga ikkita savol bilan yuzlandik: bayram dasturxonida nimalar bo‘ladi va Yangi yil deganda xayolingizga nimalar keladi?
Ko‘pchilik bayram dasturxoni odatdagidek an’anaviy taomlar – olivye, shuba ostidagi selodka, norin, palov, shashlik bilan bezatilishini aytdi. Javoblarda “xolodes” kabi tansiq taom ham yangradi.
Yangi yil deganda aksariyatlar xayoliga oilaviy va to‘kin dasturxon, mandarin, yangi umid va yutuqlar kelishini bildirdi.
Batafsil javoblar – Sputnik videosida.
Yangi yil dasturxoni: oziq-ovqatlar xaridi necha pulga tushadi? - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.12.2025
Yangi yil dasturxoni qanchaga tushadi?
Yangiliklar lentasi
0