https://oz.sputniknews.uz/20251229/elektr-neft-gaz-qoidabuzarliklar-brifing-54534462.html
Zarar - 1,24 trln so‘m: elektr, neft va gazdagi qoidabuzarliklar haqida ma’lumot berildi
Zarar - 1,24 trln so‘m: elektr, neft va gazdagi qoidabuzarliklar haqida ma’lumot berildi
Sputnik O‘zbekiston
2025 yilda O‘zbekistonda 9,3 mln litr sifatsiz neft mahsuloti sotuvdan olib tashlandi. Elektr va gazdan noqonuniy foydalanish 1,24 trln so‘m zarar keltirgan.
2025-12-29T15:54+0500
2025-12-29T15:54+0500
2025-12-29T15:54+0500
o‘zbekiston
jamiyat
elektr energiyasi
gaz
ayoqsh
o‘zenergoinspeksiya
nazorat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1288/09/12880925_0:320:3072:2048_1920x0_80_0_0_f3542411bd4b17cfa16b268613fe8760.jpg
TOShKENT, 29 dek — Sputnik. Neft mahsulotlari bo‘yicha o‘tkazilgan sifat nazorati tadbirlari davomida AYoQSh va korxonalardan olingan tahlil namunalari asosida 377 ta holatda 9,3 million litr neft mahsuloti sifatsiz ekani aniqlanib, uning sotuvga chiqarilishing oldi olindi. Bu haqda "O‘zenergoinspeksiya"ning 2025-yil bo‘yicha taqdim etgan ma’lumotida xabar berildi.Shuningdek, brifingda quyidagilar ma’lum qilindi:Mazkur holatlarga huquqiy baho berish uchun 2 696 ta hujjatlar to‘plami huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi. Shuningdek, energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq 5 296 ta ma’muriy ish rasmiylashtirildi.Yoqilg‘i-energiya resurslaridan samarali va oqilona foydalanish maqsadida 48 646 ta iste’molchi bilan profilaktika tadbirlari o‘tkazildi.Ma’lum qilinishicha, joriy yilda iste’molchilarga davlat xizmatlari ko‘rsatish doirasida jami 10 981 ta obyektning elektr ta’minoti loyihalari ekspertizadan o‘tkazilgan. Natijada 7 497 ta iste’molchining elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulashga ruxsat berilgan.Berilgan ko‘rsatmalarni bajarmagan 368 ta iste’molchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Shuningdek, inspeksiyaning barcha hududiy boshqarmalarida korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida 495 ta profilaktik targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.Bundan tashqari, korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarini tartibga soluvchi 11 ta ichki idoraviy hujjat qayta ko‘rib chiqildi. O‘rganish va profilaktika tadbirlarida “bodi kameralar”dan foydalanish tizimi yo‘lga qo‘yildi.
https://oz.sputniknews.uz/20251031/gaz-jazo-53138136.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1288/09/12880925_124:0:2855:2048_1920x0_80_0_0_10f997ddf69de54159aca7a2315deb1b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
neft mahsulotlari nazorati, sifatsiz yoqilg‘i, ayoqsh tekshiruvlari, o‘zenergoinspeksiya, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish, tabiiy gaz noqonuniy iste’moli, energiya resurslari talon-toroji, 9,3 million litr yoqilg‘i, 1,24 trillion so‘m zarar, energetika nazorati, 2025-yil hisoboti
neft mahsulotlari nazorati, sifatsiz yoqilg‘i, ayoqsh tekshiruvlari, o‘zenergoinspeksiya, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish, tabiiy gaz noqonuniy iste’moli, energiya resurslari talon-toroji, 9,3 million litr yoqilg‘i, 1,24 trillion so‘m zarar, energetika nazorati, 2025-yil hisoboti
Zarar - 1,24 trln so‘m: elektr, neft va gazdagi qoidabuzarliklar haqida ma’lumot berildi
Brifingda elektr energiyasi, neft mahsulotlari va tabiiy gazdan foydalanishda aniqlangan qoidabuzarliklar, ularning oqibatlari hamda nazorat tadbirlari natijalari ma’lum qilindi
TOShKENT, 29 dek — Sputnik. Neft mahsulotlari bo‘yicha o‘tkazilgan sifat nazorati tadbirlari davomida AYoQSh va korxonalardan olingan tahlil namunalari asosida 377 ta holatda 9,3 million litr neft mahsuloti sifatsiz ekani aniqlanib, uning sotuvga chiqarilishing oldi olindi. Bu haqda "O‘zenergoinspeksiya"ning 2025-yil bo‘yicha taqdim etgan ma’lumotida
xabar berildi.
Shuningdek, brifingda quyidagilar ma’lum qilindi:
joriy yilda o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish bo‘yicha 2 887 ta holat aniqlandi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu noqonuniy foydalanishlar natijasida davlat manfaatlariga 1 trln 243 mlrd so‘m zarar yetkazilgan;
jumladan, elektr energiyasi bo‘yicha 668,9 mlrd so‘m, tabiiy gaz bo‘yicha esa 574,7 mlrd so‘mlik energiya resurslari talon-toroj qilingan.
Mazkur holatlarga huquqiy baho berish uchun 2 696 ta hujjatlar to‘plami huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi. Shuningdek, energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq 5 296 ta ma’muriy ish rasmiylashtirildi.
Yoqilg‘i-energiya resurslaridan samarali va oqilona foydalanish maqsadida 48 646 ta iste’molchi bilan profilaktika tadbirlari o‘tkazildi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilda iste’molchilarga davlat xizmatlari ko‘rsatish doirasida jami 10 981 ta obyektning elektr ta’minoti loyihalari ekspertizadan o‘tkazilgan. Natijada 7 497 ta iste’molchining elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulashga ruxsat berilgan.
Quvvati 50 kVt va undan yuqori bo‘lgan iste’molchilarga berilgan ko‘rsatmalar ijrosi davomida 5 361 ta iste’molchining reaktiv energiyani kompensatsiya qilish qurilmalari o‘rnatilishi ta’minlandi. Bu esa 40,6 million kilovatt-soat elektr energiyasini tejash imkonini berdi.
Berilgan ko‘rsatmalarni bajarmagan 368 ta iste’molchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Shuningdek, inspeksiyaning barcha hududiy boshqarmalarida korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida 495 ta profilaktik targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Bundan tashqari, korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarini tartibga soluvchi 11 ta ichki idoraviy hujjat qayta ko‘rib chiqildi. O‘rganish va profilaktika tadbirlarida “bodi kameralar”dan foydalanish tizimi yo‘lga qo‘yildi.