Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOIIda energetika va transport sohasida erishilgan asosiy natijalar — vazir ma’lum qildi

© Yevraziyskaya ekonomicheskaya komissiyaMinistr po energetike i infrastrukture YeEK Arzibek Kojoshev.
Ministr po energetike i infrastrukture YeEK Arzibek Kojoshev. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.12.2025
Obuna bo‘lish
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida energetika va transport sohalarida qator tizimli loyihalar ishlab chiqildi. Ularni amalga oshirish umumiy bozorlarni shakllantirishga xizmat qiladi
TOShKENT, 28 dek — Sputnik. 2025 yilda amalga oshirilgan ishlarning asosiy natijalaridan biri — Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida umumiy gaz bozorini rivojlantirish rejasi hamda neft sohasida savdo va birja savdosi qoidalari loyihalarining ishlab chiqilganidir. Bu haqda YeIK energetika va infratuzilma bo‘yicha vaziri Arzibek Kojoshev ma’lum qildi.
Uning aytishicha, 2025-yilda YeOII energetika sohasida qator muhim yutuqlarga erishildi. Jumladan, elektr energiyasi savdosiga qo‘shilish to‘g‘risidagi shartnoma shaklini ishlab chiqish yakuniy bosqichga yetkazildi. Hujjat qabul qilingach, umumiy elektr energiyasi bozori uchun texnologik va axborot platformasini yaratish ishlari boshlanadi.
Transport sohasida yuk tashish jarayonlarini raqamlashtirish davom ettirildi. e-CMR elektron xalqaro yukxatlarini qo‘llash bo‘yicha tajriba loyihasi yo‘lga qo‘yildi, navigatsiya plombalarini joriy etish bo‘yicha choralar ko‘rildi.
Shuningdek, transport vositalarining ruxsat etilgan massasi va o‘lchamlariga oid bitim imzolandi. Kabotaj tashuvlar, ya’ni bir davlat hududidagi ichki tashuvlarni xorijiy transport kompaniyasi amalga oshirishiga oid dastur joriy etilmoqda. Uni kelgusi yilda YeOIIning barcha davlatlari uchun to‘liq ishga tushirish rejalashtirilgan.
Intellektual transport tizimlarini rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” qabul qilindi. Bundan tashqari, ittifoqqa a’zo besh davlatning uchinchi mamlakatlar bilan infratuzilma loyihalari portfelini shakllantirish bo‘yicha qaror tayyorlandi.
Ministr po tamojennomu sotrudnichestvu YeEK Ruslan Davidov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.12.2025
O‘zbekiston va YeOII
YeOIIda 2025-yil yakunlari: bojxona sohasidagi asosiy natijalar
Yangiliklar lentasi
0