"Erkinlik va joziba ikonasi" sifatida tanilgan aktrisa Brijit Bardo 91 yoshda vafot etdi

© telegram sputnikuzbekistan / Mediabankka o‘tishNa 92-m godu jizni skonchalas fransuzskaya aktrisa Brijit Bardo, soobshayut SMI
Na 92-m godu jizni skonchalas fransuzskaya aktrisa Brijit Bardo, soobshayut SMI - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.12.2025
Obuna bo‘lish
20 yillik faoliyati davomida Brijit Bardo ellikdan ortiq filmlarda ishtirok etib, 70 dan ortiq qo‘shiq ijro etgan. U deyarli barcha filmlarida fatal go‘zal va jozibali ayollar obrazini ijro etgan
TOShKENT, 28 dek — Sputnik. Afsonaviy fransuz aktrisasi va hayvonot dunyosi himoyachisi Brijit Bardo 91 yoshida vafot etdi. Bu haqda Agence France-Presse aktrisaning jamg‘armasiga tayanib xabar bermoqda.
"Brijit Bardo jamg‘armasi o‘zining asoschisi va raisi, butun dunyoda tan olingan aktrisa va qo‘shiqchi, hayotini hayvonlarni himoya qilishga bag‘ishlash uchun o‘zining mashhur aktorlik karerasidan voz kechgan Brijit Bardoning vafot etganini chuqur qayg‘u bilan ma’lum qiladi", — deya jamg‘arma bayonotidan iqtibos keltiradi agentlik.
Oktabr oyida Nice-Matin nashri aktrisaning uch hafta davomida Tulon shahridagi xususiy klinikada bo‘lgani, u yerda og‘ir kasallik tufayli operatsiya qilingani haqida xabar bergan edi. Qaysi kasallik ekani ochiqlanmagan. Noyabr oyida Bardo yana shifoxonaga yotqizilgan.
Brijit Ann-Mari Bardo 1934-yil 28-sentabrda Parijda tug‘ilgan. Uning otasi fabrika egasi, onasi esa rassom bo‘lgan. 1952-yilda Bardo Jan Buayening "Normand tuynugi" komediyasida rol o‘ynab, kino sohasidagi ilk qadamini tashladi.
1956 yilda Roje Vadimning "Xudo ayolni yaratdi" melodramasidagi bosh roli aktrisani jahon miqyosidagi yulduzga aylantirdi. Keyinchalik u "Babetta urushga ketmoqda" (1959), "Haqiqat" (1961), "Viva, Mariya!" (1965) kabi filmlarda bosh rollarni ijro etdi.
1966 yilda aktrisa Gollivudda "Azizim Bridjit" filmida aktor Jimmi Stuart bilan birga suratga tushdi.
Qariyb 20-yillik faoliyati davomida Brijit Bardo ellikdan ortiq kinofilmlarda ishtirok etgan, shuningdek, 70 dan ortiq qo‘shiq ijro etgan. Aktrisa deyarli barcha filmlarida fatal go‘zal va jozibali ayollar obrazini ijro etgan.
Umerla Narodnaya aktrisa RF Vera Alentova - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.12.2025
"Moskva ko‘z yoshlarga ishonmaydi" filmi bosh qahramoni Vera Alentova vafot etdi
Yangiliklar lentasi
0