https://oz.sputniknews.uz/20251226/tadbirkorlar-soliq-engilliklar-54492948.html
Tadbirkorlarga soliq munosabatlarida yengilliklar beriladi
Tadbirkorlarga soliq munosabatlarida yengilliklar beriladi
Sputnik O‘zbekiston
Ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. 26.12.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-12-26T18:11+0500
2025-12-26T18:11+0500
2025-12-26T18:11+0500
iqtisod
tadbirkor
soliq
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/18/23528171_0:161:3069:1887_1920x0_80_0_0_47c44c3a0413564591f58fbc5ee5b8e1.jpg
TOShKENT, 26 dek – Sputnik. O‘zbekistonda tadbirkorlarga soliq munosabatlarida yengilliklar beriladi. Tegishli qonun bilan (O‘RQ–1108-son) ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.Unga ko‘ra, quyidagi holatda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuritishni boshlash mumkin emasligi, boshlangan ish esa tugatilishi lozimligi belgilandi:Shuningdek, Iqtisodiy protsessual kodeksdagi huquqiy ta’sir choralari jumlasiga “QQSni to‘lovchi sifatida maxsus ro‘yxatga olish hisobiga qo‘yilganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini 30 kundan ortiq bo‘lgan muddatga to‘xtatib turish kiritildi.Bundan tashqari, soliq qarzi mavjud bo‘lgan yuridik shaxslar va YaTTlar soliq organiga soliq qarzini o‘z debitori hisobidan undirishni so‘rab murojaat qilishga haqli.Murojaatga o‘zaro tasdiqlangan yoki bir tomonlama imzolangan hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasi ilova qilinishi lozim.Foyda solig‘i bo‘yicha soliq imtiyozlari prezident qarorlari bilan, faqat amortizatsiya qilinadigan asosiy vositalarni tezlashtirilgan amortizatsiya qilish huquqini berish tarzida, 3-yildan ortiq bo‘lmagan muddatga berilishi ko‘zda tutildi.Soliq to‘lovchining debitori bildirish xati olingan kundan e’tiboran 10 ish kunida o‘zaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasini imzolashi (tasdiqlashi) yoki solishtirma dalolatnomada ko‘rsatilgan qarz mavjud emasligini asoslagan holda rad javobini berishi shart.
https://oz.sputniknews.uz/20251223/bojxonada-tadbirkorlar-engilliklar-54416627.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/18/23528171_168:0:2899:2048_1920x0_80_0_0_19d299d16200f765040fabe3e32ad418.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, tadbirkor, soliq
iqtisod, tadbirkor, soliq
Tadbirkorlarga soliq munosabatlarida yengilliklar beriladi
Ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
TOShKENT, 26 dek – Sputnik. O‘zbekistonda tadbirkorlarga soliq munosabatlarida yengilliklar beriladi. Tegishli qonun bilan (O‘RQ–1108-son) ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar
kiritildi. Unga ko‘ra, quyidagi holatda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuritishni boshlash mumkin emasligi, boshlangan ish esa tugatilishi lozimligi belgilandi:
agar soliq to‘lovchi (soliq agenti) tomonidan oxirgi 3 oy ichida soliq hisobotlari o‘z vaqtida taqdim etilgan va keyingi hisobot davri uchun soliq hisobotini taqdim etish muddatining kechiktirilishi 5 ish kunidan oshmagan bo‘lsa.
Shuningdek, Iqtisodiy protsessual kodeksdagi huquqiy ta’sir choralari jumlasiga “QQSni to‘lovchi sifatida maxsus ro‘yxatga olish hisobiga qo‘yilganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini 30 kundan ortiq bo‘lgan muddatga to‘xtatib turish kiritildi.
Bundan tashqari, soliq qarzi mavjud bo‘lgan yuridik shaxslar va YaTTlar soliq organiga soliq qarzini o‘z debitori hisobidan undirishni so‘rab murojaat qilishga haqli.
Murojaatga o‘zaro tasdiqlangan yoki bir tomonlama imzolangan hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasi ilova qilinishi lozim.
Foyda solig‘i bo‘yicha soliq imtiyozlari prezident qarorlari bilan, faqat amortizatsiya qilinadigan asosiy vositalarni tezlashtirilgan amortizatsiya qilish huquqini berish tarzida, 3-yildan ortiq bo‘lmagan muddatga berilishi ko‘zda tutildi.
Soliq to‘lovchining debitori bildirish xati olingan kundan e’tiboran 10 ish kunida o‘zaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasini imzolashi (tasdiqlashi) yoki solishtirma dalolatnomada ko‘rsatilgan qarz mavjud emasligini asoslagan holda rad javobini berishi shart.