https://oz.sputniknews.uz/20251226/mahallani-rivojlantirishga-oid-alohida-davlat-dasturi-qabul-qilinadi-54481208.html
Mahallani rivojlantirishga oid alohida davlat dasturi qabul qilinadi
Mahallani rivojlantirishga oid alohida davlat dasturi qabul qilinadi
Sputnik O‘zbekiston
2026 yil 1-yanvardan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘idan tushumning Toshkent shahrida 5 foizi, qolgan hududlarda 20 foizi qoldirilib, bu mablag‘ning yarmi tumanlar... 26.12.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-12-26T12:02+0500
2025-12-26T12:02+0500
2025-12-26T12:17+0500
jamiyat
shavkat mirziyoyev
o‘zbekiston
mahalla
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0c/1a/54481652_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_36193b4afb52a01b17f9c8965afbea9f.jpg
TOShKENT, 26 dek – Sputnik. "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili" deb e’lon qilingan 2026-yilda belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish uchun alohida davlat dasturi qabul qilinadi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va xalqqa yo‘llayotgan murojaatnomasi chog‘ida ma’lum qildi.Ushbu dasturda mamlakatdagi 9 mingdan ziyod mahallani, avvalo, mehr-oqibat, hamjihatlik, adolat va tarbiya maskaniga aylantirish kabi dolzarb masalalar o‘z ifodasini topadi.Prezident 2026-yilda amalga oshiriladigan eng muhim ustuvor yo‘nalishlarga alohida to‘xtalib o‘tdi.Birinchi ustuvor yo‘nalish mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash, ularga Yangi O‘zbekiston qiyofasini olib kirishdan iborat.Kelgusi yildan mahallani rivojlantirish bo‘yicha kompleks yondashuv joriy etiladi.Har bir viloyatda 2-3 tadan tumanni tanlab, hamma mahallasidagi barcha muammolarni bir vaqtning o‘zida hal qiladigan tizim yaratiladi. Ularda bir vaqtning o‘zida tadbirkorlik infratuzilmasi ham rivojlantiriladi.Ushbu maqsadlar uchun barcha manbalar hisobidan 8,5 trillion so‘m mablag‘ ajratiladi.Deputatlarga o‘z okrugidagi muammolarni hal etish uchun 500 milliard so‘m berilmoqda. Bu borada “yashil hudud”, “yashil bog‘” yaratish bo‘yicha har bir deputatning tashabbusiga qo‘shimcha 330 million so‘mdan yo‘naltirilishi belgilandi.Bunday yondashuv orqali 2030-yilgacha sharoiti og‘ir barcha tumanlardagi mahallalarga Yangi O‘zbekiston qiyofasi olib kirilishi ta’kidlandi.Bu ishlarni samarali tashkil qilish uchun tuman budjeti daromadini kamida 2 karra ko‘paytirishga sharoit yaratib berish zarurligi qayd etildi.Shu maqsadda 2026-yil 1-yanvardan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘idan tushumning Toshkent shahrida 5 foizi, qolgan hududlarda 20 foizi qoldirilib, bu mablag‘ning yarmi tumanlar budjetiga o‘tkaziladi.Bundan tashqari, daromadlarning prognozga nisbatan oshirib bajarilgan qismining 50 foizi, ekin yerlarini ijaraga berish va bozorlardan tushumlar ham to‘liq tuman budjetiga beriladi.Viloyat, tuman hokimlariga samarasiz va bir-birini takrorlaydigan shtat birliklarni qisqartirib, tejalgan mablag‘ni aholi o‘rtaga qo‘ygan masalalarni hal qilish uchun ajratishga ruxsat etiladi.Ushbu mablag‘larning har bir so‘mi aholi uchun qo‘shilgan qiymat yaratishi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Shu bois, bu pullar umuman qaysidir tuman uchun emas, balki mahallada ish o‘rinlari yaratadigan, aholini daromadli qiladigan aniq loyihalarga yo‘naltiriladi. Bu budjet mablag‘larini samarali ishlatishda loyihaviy yondashuv bo‘ladi.Urbanizatsiya va shaharlarni barqaror rivojlantirish bo‘yicha yangi islohotlar boshlanadi.Jumladan, shaharlar tartibsiz kengayishining oldini olishda aniq mezonlar belgilanadi va shu orqali ekin maydonlarining asossiz qisqarib ketishiga chek qo‘yiladi. Shuningdek, respublikada ilk bor 45 ta aglomeratsiya hududlari belgilanadi.Kelgusi yilda “Barqaror shahar” platformasi ishga tushirilib, “yashash uchun qulaylik indeksi”ni yuritish yo‘lga qo‘yiladi. Bu indeks orqali shaharlardagi har bir mahallaga xos muammolar aniqlanib, ularga mos yechimlar beriladi.Bu orqali tumanlar budjetida 5 trillion so‘mlik qo‘shimcha manba shakllanadi va u mahallalar infratuzilmasini yaxshilashga sarflanadi.
https://oz.sputniknews.uz/20251226/prezident-2026-yil-nomini-elon-qildi-54480668.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0c/1a/54481652_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_0bc9482889b53f056b2a9d982e0c04b3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, shavkat mirziyoyev, o‘zbekiston, mahalla
jamiyat, shavkat mirziyoyev, o‘zbekiston, mahalla
Mahallani rivojlantirishga oid alohida davlat dasturi qabul qilinadi
12:02 26.12.2025 (yangilandi: 12:17 26.12.2025) 2026 yil 1-yanvardan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘idan tushumning Toshkent shahrida 5 foizi, qolgan hududlarda 20 foizi qoldirilib, bu mablag‘ning yarmi tumanlar budjetiga o‘tkaziladi.
TOShKENT, 26 dek – Sputnik. "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili" deb
e’lon qilingan 2026-yilda belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish uchun alohida davlat dasturi qabul qilinadi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va xalqqa yo‘llayotgan murojaatnomasi chog‘ida ma’lum qildi.
Ushbu dasturda mamlakatdagi 9 mingdan ziyod mahallani, avvalo, mehr-oqibat, hamjihatlik, adolat va tarbiya maskaniga aylantirish kabi dolzarb masalalar o‘z ifodasini topadi.
Prezident 2026-yilda amalga oshiriladigan eng muhim ustuvor yo‘nalishlarga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Birinchi ustuvor yo‘nalish mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash, ularga Yangi O‘zbekiston qiyofasini olib kirishdan iborat.
“Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi. Aynan mahalladagi yo‘l, suv, elektr va transport ta’minoti, bog‘cha, maktab va oilaviy poliklinikadagi shart-sharoitlarga qarab, odamlar islohotlarimizga baho beradi”, – dedi prezident.
Kelgusi yildan mahallani rivojlantirish bo‘yicha kompleks yondashuv joriy etiladi.
Har bir viloyatda 2-3 tadan tumanni tanlab, hamma mahallasidagi barcha muammolarni bir vaqtning o‘zida hal qiladigan tizim yaratiladi. Ularda bir vaqtning o‘zida tadbirkorlik infratuzilmasi ham rivojlantiriladi.
Ushbu maqsadlar uchun barcha manbalar hisobidan 8,5 trillion so‘m mablag‘ ajratiladi.
Deputatlarga o‘z okrugidagi muammolarni hal etish uchun 500 milliard so‘m berilmoqda. Bu borada “yashil hudud”, “yashil bog‘” yaratish bo‘yicha har bir deputatning tashabbusiga qo‘shimcha 330 million so‘mdan yo‘naltirilishi belgilandi.
Bunday yondashuv orqali 2030-yilgacha sharoiti og‘ir barcha tumanlardagi mahallalarga Yangi O‘zbekiston qiyofasi olib kirilishi ta’kidlandi.
Bu ishlarni samarali tashkil qilish uchun tuman budjeti daromadini kamida 2 karra ko‘paytirishga sharoit yaratib berish zarurligi qayd etildi.
Shu maqsadda 2026-yil 1-yanvardan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘idan tushumning Toshkent shahrida 5 foizi, qolgan hududlarda 20 foizi qoldirilib, bu mablag‘ning yarmi tumanlar budjetiga o‘tkaziladi.
Bundan tashqari, daromadlarning prognozga nisbatan oshirib bajarilgan qismining 50 foizi, ekin yerlarini ijaraga berish va bozorlardan tushumlar ham to‘liq tuman budjetiga beriladi.
Viloyat, tuman hokimlariga samarasiz va bir-birini takrorlaydigan shtat birliklarni qisqartirib, tejalgan mablag‘ni aholi o‘rtaga qo‘ygan masalalarni hal qilish uchun ajratishga ruxsat etiladi.
Kelgusi yilda ilk bor mahalla infratuzilmasini rivojlantirish uchun 20 trillion so‘m viloyatlarning o‘ziga beriladi.
Ushbu mablag‘larning har bir so‘mi aholi uchun qo‘shilgan qiymat yaratishi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Shu bois, bu pullar umuman qaysidir tuman uchun emas, balki mahallada ish o‘rinlari yaratadigan, aholini daromadli qiladigan aniq loyihalarga yo‘naltiriladi. Bu budjet mablag‘larini samarali ishlatishda loyihaviy yondashuv bo‘ladi.
Urbanizatsiya va shaharlarni barqaror rivojlantirish bo‘yicha yangi islohotlar boshlanadi.
Jumladan, shaharlar tartibsiz kengayishining oldini olishda aniq mezonlar belgilanadi va shu orqali ekin maydonlarining asossiz qisqarib ketishiga chek qo‘yiladi. Shuningdek, respublikada ilk bor 45 ta aglomeratsiya hududlari belgilanadi.
Kelgusi yilda “Barqaror shahar” platformasi ishga tushirilib, “yashash uchun qulaylik indeksi”ni yuritish yo‘lga qo‘yiladi. Bu indeks orqali shaharlardagi har bir mahallaga xos muammolar aniqlanib, ularga mos yechimlar beriladi.
Bu orqali tumanlar budjetida 5 trillion so‘mlik qo‘shimcha manba shakllanadi va u mahallalar infratuzilmasini yaxshilashga sarflanadi.