https://oz.sputniknews.uz/20251226/davlat-tashqi-qarz-54486383.html
Davlat kafolati ostida tashqi qarz olishni ma’qullashni parlamentga o‘tkazish taklif qilindi
Davlat kafolati ostida tashqi qarz olishni ma’qullashni parlamentga o‘tkazish taklif qilindi
Sputnik O‘zbekiston
Bundan buyon davlat xaridlarida tovar, ish va xizmatlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotib olish mumkin bo‘lgan holatlar faqat qonun bilan belgilanadi. 26.12.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-12-26T13:27+0500
2025-12-26T13:27+0500
2025-12-26T13:27+0500
siyosat
tashqi qarz
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/03/05/42782489_80:121:1264:787_1920x0_80_0_0_eaa1d2b8be047ab2bd37aac7d538ec3b.jpg
TOShKENT, 26 dek – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat kafolati ostida tashqi qarz olish masalasini ma’qullashni parlament vakolatiga o‘tkazish taklif qildi.Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda Oliy Majlis eng kuchli parlamentlarga xos bo‘lgan barcha nazorat vakolatlariga ega.Xususan, 2023-yildan buyon tashqi qarz miqdorini parlament belgilab kelmoqda.Ta’kidlanishchia, bundan buyon davlat xaridlarida tovar, ish va xizmatlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotib olish mumkin bo‘lgan holatlar faqat qonun bilan belgilanadi.Konstitutsiyaviy islohotlar doirasida viloyat hokimlari va mahalliy kengashlar raislari lavozimlari bir-biridan ajratilgan edi. Endi bu tizim 2026-yildan 208 ta tuman va shaharda ham yo‘lga qo‘yiladi.“Ayni paytda ushbu jiddiy siyosiy islohot hokimlar va ijro idoralaridan Kengashlarga munosabatni mutlaqo o‘zgartirishni talab qiladi. Bundan buyon deputat so‘rovlari ijrosi har chorakda tahlil qilinib, sustkashlikka yo‘l qo‘yilgan holatlar bo‘yicha prokuraturaga taqdimnoma kiritiladi”, - dedi prezident.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/03/05/42782489_112:0:1249:853_1920x0_80_0_0_8cacb4d4670b50909ea85075d17375ab.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, tashqi qarz, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev
siyosat, tashqi qarz, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev
Davlat kafolati ostida tashqi qarz olishni ma’qullashni parlamentga o‘tkazish taklif qilindi
Bundan buyon davlat xaridlarida tovar, ish va xizmatlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotib olish mumkin bo‘lgan holatlar faqat qonun bilan belgilanadi.
TOShKENT, 26 dek – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat kafolati ostida tashqi qarz olish masalasini ma’qullashni parlament vakolatiga o‘tkazish taklif qildi.
Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda Oliy Majlis eng kuchli parlamentlarga xos bo‘lgan barcha nazorat vakolatlariga ega.
Xususan, 2023-yildan buyon tashqi qarz miqdorini parlament belgilab kelmoqda.
“Endi davlat kafolati ostida tashqi qarz olish masalasini ma’qullashni ham parlament vakolatiga o‘tkazishni taklif qilaman”, - dedi Mirziyoyev Oliy Majlis va xalqqa yo‘llayotgan murojaatnomasi chog‘ida.
Ta’kidlanishchia, bundan buyon davlat xaridlarida tovar, ish va xizmatlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotib olish mumkin bo‘lgan holatlar faqat qonun bilan belgilanadi.
Konstitutsiyaviy islohotlar doirasida viloyat hokimlari va mahalliy kengashlar raislari lavozimlari bir-biridan ajratilgan edi. Endi bu tizim 2026-yildan 208 ta tuman va shaharda ham yo‘lga qo‘yiladi.
“Ayni paytda ushbu jiddiy siyosiy islohot hokimlar va ijro idoralaridan Kengashlarga munosabatni mutlaqo o‘zgartirishni talab qiladi. Bundan buyon deputat so‘rovlari ijrosi har chorakda tahlil qilinib, sustkashlikka yo‘l qo‘yilgan holatlar bo‘yicha prokuraturaga taqdimnoma kiritiladi”, - dedi prezident.