Mehnatni muhofaza qilish, jamoat nazorati: ish beruvchilarga yangi talablar joriy qilindi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishSeremoniya vvoda v ekspluatatsiyu novoy parogazovoy teploelektrostansii
Seremoniya vvoda v ekspluatatsiyu novoy parogazovoy teploelektrostansii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.12.2025
Obuna bo‘lish
Ish beruvchilar tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimini joriy etishi, xodimlarni majburiy o‘qitishni tashkil etishi hamda ma’muriy-jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yishi shart bo‘ladi.
TOShKENT, 25 dek – Sputnik. Ish beruvchi tashkilotda mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimini joriy etishi, shuningdek, mehnatni muhofaza qilish xizmati hamda yo‘l harakati xavfsizligi xizmatini tashkil etishi shart. Hukumat qarori bilan tegishli nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, xodimlarni mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha o‘qitish quyidagilarni o‘z ichiga oladi, jumladan:
kirish yo‘l-yo‘rig‘i hamda ish joyidagi yo‘l-yo‘riqlarni o‘tkazish;
ish joyidagi stajirovka o‘tash va bilimlarni tekshirish;
xodimlarni baxtsiz hodisalardan jabrlangan shaxslarga birinchi yordam ko‘rsatishga o‘qitish.
Ish beruvchi har yili 20-yanvarga qadar Yagona milliy mehnat tizimi – identifikatsiya va hisobga olish komponentiga quyidagi ma’lumotlarni kiritilishini ta’minlaydi:
mehnat sharoiti to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
zararli va xavfli ishlab chiqarish omillarining mavjudligi bilan tavsiflanadigan mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun berilgan imtiyozlar va kompensatsiyalar summasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
baxtsiz hodisalardan jabrlangan hamda kasb bilan bog‘liq kasallik birinchi marta aniqlangan shaxslar soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Tashkilotlarda ma’muriy-jamoatchilik nazorati tashkil etilishi shart.
Ma’muriy-jamoatchilik nazorati quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
1-bosqich – bo‘linma va bo‘limlarning (sex) uchastkasi, smena yoki brigadasida;
2-bosqich – bo‘linma, bo‘lim, ishlab chiqarish yoki tashkilot uchastkasi darajasida;
3-bosqich – tashkilotda umumiy tartibda.
Rabota v ofise za kompyuterom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.11.2025
O‘zbekistonda ish vaqtidan tashqari mehnat uchun haq to‘lash tartibi yangilandi: nimalar o‘zgardi?
Yangiliklar lentasi
0