https://oz.sputniknews.uz/20251225/iiv-jinoiy-guruh-fosh-qilinish-54463182.html
Telegram-bot, narkotiklar va millionlab dollar: IIV jinoiy guruhni fosh qildi
Telegram-bot, narkotiklar va millionlab dollar: IIV jinoiy guruhni fosh qildi
Sputnik O‘zbekiston
IIV Telegram orqali giyohvandlik savdosi va kriptovalyuta aylanmasi bilan shug‘ullangan jinoiy guruhni fosh qildi. 2,3 mln dollarlik tranzaksiyalar aniqlandi.
2025-12-25T16:32+0500
2025-12-25T16:32+0500
2025-12-25T16:54+0500
giyohvand moddalar
iiv
jamiyat
o‘zbekiston
yunusobod
bot
telegramm
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0c/13/47188743_0:75:1336:827_1920x0_80_0_0_e992cb25ebf86055acaec69d9618eca9.jpg
TOShKENT, 25 dek – Sputnik. Telegram messenjerida noqonuniy giyohvandlik vositalari, ularning analoglari va psixotrop moddalar savdosi uchun yaratilgan maxsus bot fosh qilindi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.Ma’lum qilinishicha, ushbu bot IIV Axborot texnologiyalar sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fosh qilingan. Shuningdek, ushbu bot orqali kriptovalyutalarni olish, o‘tkazish va ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelayotgan shaxslar aniqlandi.Mazkur holat yuzasidan poytaxtning Yunusobod tumanida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida 1997-yilda tug‘ilgan A., 2001-yilda tug‘ilgan Sh. va T. ismli shaxslar qo‘lga olindi, ular ushbu botni boshqarib kelgani ma’lum qilindi.Tadbir doirasida 4 dona uyali telefon, 3 dona noutbuk, 12 dona turli xil bank plastik kartalari, 11 dona SIM-karta hamda qog‘ozga o‘ralgan giyohvandlik vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi.Gumonlanuvchi A.ning xonadoni holislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida uning yashash manzilidan 550 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari topildi.Shuningdek, gumonlanuvchi Sh. bilan o‘tkazilgan surishtiruvlar natijasida giyohvandlik vositalari, ularning analoglari va psixotrop moddalar savdosi uchun yaratilgan maxsus kanal ham aynan ushbu shaxslar tomonidan boshqarilgani ma’lum bo‘ldi.Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksning:
https://oz.sputniknews.uz/20251204/shymkent-giyohvandlik-tarmoq-53935825.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0c/13/47188743_68:0:1268:900_1920x0_80_0_0_82776cdc1eb0116429d6792e07ec7122.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iiv tezkor tadbir, telegram giyohvandlik savdosi, narkotik bot telegram, kriptovalyuta jinoyati o‘zbekiston, kripto tranzaksiyalar jinoyat, yunusobod tumani qo‘lga olindi, giyohvandlik vositalari noqonuniy savdosi, psixotrop moddalar, axborot texnologiyalari orqali jinoyat, jinoyat kodeksi 278¹ 243 251¹
iiv tezkor tadbir, telegram giyohvandlik savdosi, narkotik bot telegram, kriptovalyuta jinoyati o‘zbekiston, kripto tranzaksiyalar jinoyat, yunusobod tumani qo‘lga olindi, giyohvandlik vositalari noqonuniy savdosi, psixotrop moddalar, axborot texnologiyalari orqali jinoyat, jinoyat kodeksi 278¹ 243 251¹
Telegram-bot, narkotiklar va millionlab dollar: IIV jinoiy guruhni fosh qildi
16:32 25.12.2025 (yangilandi: 16:54 25.12.2025) Toshkentda Telegram orqali giyohvandlik va psixotrop moddalar savdosi bilan shug‘ullangan guruh fosh etildi. Tekshiruvlar davomida 2 million 375 ming dollar kriptoaktivlar aylanmasi aniqlandi.
TOShKENT, 25 dek – Sputnik. Telegram messenjerida noqonuniy giyohvandlik vositalari, ularning analoglari va psixotrop moddalar savdosi uchun yaratilgan maxsus bot fosh qilindi. Bu haqda IIV matbuot xizmati
xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu bot IIV Axborot texnologiyalar sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fosh qilingan. Shuningdek, ushbu bot orqali kriptovalyutalarni olish, o‘tkazish va ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelayotgan shaxslar aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan poytaxtning Yunusobod tumanida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida 1997-yilda tug‘ilgan A., 2001-yilda tug‘ilgan Sh. va T. ismli shaxslar qo‘lga olindi, ular ushbu botni boshqarib kelgani ma’lum qilindi.
Tadbir doirasida 4 dona uyali telefon, 3 dona noutbuk, 12 dona turli xil bank plastik kartalari, 11 dona SIM-karta hamda qog‘ozga o‘ralgan giyohvandlik vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi.
Gumonlanuvchilar A. va Sh.ning telefonlari ko‘zdan kechirilganida xorijiy va boshqa kriptohamonlar orqali 95 mingga yaqin tranzaksiya amalga oshirilgani hamda umumiy hisobda 2 million 375 ming dollarga teng kriptoaktivlar aylanmasi aniqlangan.
Gumonlanuvchi A.ning xonadoni holislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida uning yashash manzilidan 550 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari topildi.
Shuningdek, gumonlanuvchi Sh. bilan o‘tkazilgan surishtiruvlar natijasida giyohvandlik vositalari, ularning analoglari va psixotrop moddalar savdosi uchun yaratilgan maxsus kanal ham aynan ushbu shaxslar tomonidan boshqarilgani ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksning:
278¹-moddasi
(giyohvandlik vositalari, ularning analoglari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasi),
243-moddasi
(jinoiy yo‘l bilan olingan daromadlarni legallashtirish),
251¹-moddasi
(jinoyatni sodir etish uchun axborot texnologiyalaridan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.