"Moskva ko‘z yoshlarga ishonmaydi" filmi bosh qahramoni Vera Alentova vafot etdi

© Veb sayt culture.ruUmerla Narodnaya aktrisa RF Vera Alentova
Umerla Narodnaya aktrisa RF Vera Alentova - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.12.2025
Obuna bo‘lish
"Oskar" mukofotini olgan "Moskva ko‘z yoshlarga ishonmaydi" filmidagi bosh roli bilan ko‘pchilikka tanilgan aktrisa Vera Alentova vafot etdi.
TOShKENT, 25 dek – Sputnik. Rossiya xalq artisti Vera Alentova 83 yoshida vafot etdi. Bu haqda Pushkin nomidagi drama teatri matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, aktrisa Mayakovskiy nomidagi teatrda bo‘lib o‘tgan aktor Anatoliy Loboskiy bilan xayrlashuv marosimi vaqtida o‘zini yomon his qilgan. U tez yordam xodimlari tomonidan shifoxonaga olib ketilgan, ammo san’atkorning hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmagan.

Vera Alentova "Moskva ko‘z yoshlarga ishonmaydi" filmida bosh rolni ijro etgan. U yaratgan Katerina Tixomirova obrazi Moskvaga kelib, oddiy ishchidan yirik korxona rahbarigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan, shu bilan birga shaxsiy baxtini ham topgan ayol taqdirini aks ettiradi.

Vera Alentova 2021-yilda vafot etgan ushbu film rejissori Vladimir Menshovning rafiqasi edi.
Aktrisa, shuningdek, "Balzak yoshi yoki barcha erkaklar o‘z...", "Shirli-mirli", "Ertaga urush bo‘ldi", Mayamilik kuyov" filmlaridagi rollari bilan ham keng tanilgan.
U 60-yil davomida A. S. Pushkin nomidagi drama teatri sahnasida ham ijod qilgan.
Umer indiyskiy kinoakter Dxarmendra
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.11.2025
“Zita va Gita” yulduzi Dharmendra 89 yoshida vafot etdi
Yangiliklar lentasi
0