Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya armiyasi Zaporojye viloyatidagi qishloqni ozod qildi

© Sputnik / Stanislav Krasilnikov / Mediabankka o‘tishTOS-1A "Solnsepek" gruppirovki "Sentr" na Avdeyevskom napravlenii SVO
TOS-1A Solnsepek gruppirovki Sentr na Avdeyevskom napravlenii SVO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.12.2025
Obuna bo‘lish
Shuningdek, Dnepropetrovsk viloyatidagi Andreyevka bo‘yicha janglar tafsilotlari ochiqlandi
TOShKENT, 24 dek — Sputnik. Rossiya harbiylari Zaporojye viloyatidagi Zarechnoe aholi punktini ozod qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
"Sharq" qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari dushman mudofaasi ichkarisiga kirishni davom ettirdi va Zaporojye viloyatining Zarechnoe aholi punktini ozod qildi", - deyiladi xabarda.
Shuningdek, Rossiya Mudofaa vazirligi kuni kecha Dnepropetrovsk viloyatida joylashgan Andreyevka aholi punkti egallangani tafsilotlarini ham ochiqladi. Ma’lum qilinishicha, ushbu hudud “Sharq” qo‘shinlari guruhi tarkibidagi 29-armiyaning 36-gvardiyachi motoo‘qchi brigadasi bo‘linmalari tomonidan nazoratga olingan.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, Andreyevka to‘qqiz kvadrat kilometrdan ortiq hududni qamrab olgan va dushman mudofaasining muhim nuqtalaridan biri hisoblangan. Janglar davomida 510 taga yaqin bino va inshootlar tekshiruvdan o‘tkazilgan. Xabarda dushman ishchi kuchi va texnikasi yo‘qotishlarga uchragani qayd etilgan.
Shuningdek, Andreyevka ustidan nazorat o‘rnatilishi Gaychur darosining g‘arbiy qirg‘og‘ida keyingi harakatlar uchun plasdarmni kengaytirish imkonini bergani ta’kidlanadi.
Selo u linii soprikosnoveniya na Artemovskom napravlenii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.12.2025
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya armiyasi Xarkov va Dnepropetrovsk viloyatlarida ikki qishloqni ozod qildi
Yangiliklar lentasi
0