https://oz.sputniknews.uz/20251224/russia-central-asia-ishonch-54434958.html
Rossiya va Markaziy Osiyo munosabatlarida ishonch hal qiluvchi omilga aylandi - ekspert
Rossiya va Markaziy Osiyo munosabatlarida ishonch hal qiluvchi omilga aylandi - ekspert
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda o‘tgan ekspert brifingida Rossiya va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi munosabatlarda ishonch va ishonchlilik 2025-yilning asosiy natijasi ekani ta’kidlandi.
2025-12-24T15:18+0500
2025-12-24T15:18+0500
2025-12-24T15:30+0500
o‘zbekiston va yeoii
o‘zbekiston
jamiyat
hamkorlik
rossiya
markaziy osiyo
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/17/28466500_0:114:749:535_1920x0_80_0_0_019e66909591aee4c594807f97ae2a5e.jpg
TOShKENT, 24 dek – Sputnik. Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo va Rossiya — 2025: yil yakunlari va kelajak istiqbollari” mavzusidagi ekspert brifingida Rossiya va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi munosabatlarda ishonch va ishonchlilik 2025-yilning asosiy natijalaridan biri ekani qayd etildi. Bu haqda “Berlek-Yedinstvo” geosiyosiy tadqiqotlar markazi vakili Artur Suleymanov ma’lum qildi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.Ekspertning ta’kidlashicha, 2025-yilda yevroosiyochilik falsafiy tushunchadan mintaqadagi o‘zaro munosabatlarning amaliy modeliga aylandi.Uning so‘zlariga ko‘ra, mintaqa davlatlari o‘rtasidagi siyosiy ishonch yuqori darajada saqlanib qolmoqda. Asosiy xalqaro muzokaralardan so‘ng Rossiya rahbariyati birinchi navbatda O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston yetakchilari bilan aloqada bo‘ladi. Aynan shu ishonch Yevroosiyo integratsiyasini mintaqaviy barqarorlikning muhim omiliga aylantirmoqda.Shuningdek, Suleymanov tashqi tahdidlarga qaramay, Yevroosiyo iqtisodiy integratsiyasi barqaror rivojlanayotganini qayd etdi. Uning ma’lum qilishicha, YeOII mamlakatlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 2 foizdan ko‘proqqa, o‘zaro savdoda noenergetika sektorining ulushi esa 20 foizga oshgan.Brifing yakunida iqtisodiyot, xavfsizlik va “yumshoq kuch” masalalariga bag‘ishlangan sakkizta davra suhbati natijalari muhokama qilindi.
https://oz.sputniknews.uz/20251222/cis-rahbarlari-muhokama-54389152.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/17/28466500_0:97:749:659_1920x0_80_0_0_aca934898d3e89f9355af319c4512bf0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya markaziy osiyo munosabatlari, 2025-yil yakunlari, ishonch omili, yevroosiyochilik, mintaqaviy barqarorlik, rossiya o‘zbekiston aloqalari, qozog‘iston qirg‘iziston hamkorligi, ekspert brifingi, sputnik o‘zbekiston
rossiya markaziy osiyo munosabatlari, 2025-yil yakunlari, ishonch omili, yevroosiyochilik, mintaqaviy barqarorlik, rossiya o‘zbekiston aloqalari, qozog‘iston qirg‘iziston hamkorligi, ekspert brifingi, sputnik o‘zbekiston
Rossiya va Markaziy Osiyo munosabatlarida ishonch hal qiluvchi omilga aylandi - ekspert
15:18 24.12.2025 (yangilandi: 15:30 24.12.2025) 2025 yil yakunlari bo‘yicha ekspertlar Rossiya va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi munosabatlarda ishonchning mustahkamlanishi va integratsiya jarayonlarining kuchayganini qayd etishdi.
TOShKENT, 24 dek – Sputnik. Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo va Rossiya — 2025: yil yakunlari va kelajak istiqbollari” mavzusidagi ekspert brifingida Rossiya va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi munosabatlarda ishonch va ishonchlilik 2025-yilning asosiy natijalaridan biri ekani qayd etildi. Bu haqda “Berlek-Yedinstvo” geosiyosiy tadqiqotlar markazi vakili Artur Suleymanov ma’lum qildi, deya xabar berdi
Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Ekspertning ta’kidlashicha, 2025-yilda yevroosiyochilik falsafiy tushunchadan mintaqadagi o‘zaro munosabatlarning amaliy modeliga aylandi.
"Bugun yevroosiyochilik endi falsafa emas, balki mamlakatlarimizni birlashtiradigan va munosabatlarni mustahkamlash uchun haqiqiy samara beradigan Yevroosiyoning yangi ijtimoiy arxitekturasidir", — dedi Suleymanov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mintaqa davlatlari o‘rtasidagi siyosiy ishonch yuqori darajada saqlanib qolmoqda. Asosiy xalqaro muzokaralardan so‘ng Rossiya rahbariyati birinchi navbatda O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston yetakchilari bilan aloqada bo‘ladi. Aynan shu ishonch Yevroosiyo integratsiyasini mintaqaviy barqarorlikning muhim omiliga aylantirmoqda.
Shuningdek, Suleymanov tashqi tahdidlarga qaramay, Yevroosiyo iqtisodiy integratsiyasi barqaror rivojlanayotganini qayd etdi. Uning ma’lum qilishicha, YeOII mamlakatlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 2 foizdan ko‘proqqa, o‘zaro savdoda noenergetika sektorining ulushi esa 20 foizga oshgan.
Ekspert qo‘shma energetika loyihalari, jumladan, AES qurilishiga kompleks yondashuv orqali Markaziy Osiyoda energiya taqchilligi muammosini hal etishda “Rosatom”ning rolini ham ta’kidladi.
Brifing yakunida iqtisodiyot, xavfsizlik va “yumshoq kuch” masalalariga bag‘ishlangan sakkizta davra suhbati natijalari muhokama qilindi.