https://oz.sputniknews.uz/20251223/bojxona-farmon-engilliklar-54416327.html
Bojxona jarayonlari bo‘yicha prezident farmoni imzolandi: qanday yengilliklar joriy etildi?
Bojxona jarayonlari bo‘yicha prezident farmoni imzolandi: qanday yengilliklar joriy etildi?
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda bojxona ma’muriyatchiligi va tashqi savdo tartibotlarini soddalashtirishga qaratilgan Prezident farmoni imzolandi. 2026-yildan bojxona to‘lovlari va deklaratsiyalashda yangi yengilliklar joriy etiladi.
2025-12-23T17:57+0500
2025-12-23T17:57+0500
2025-12-23T17:57+0500
o‘zbekiston
jamiyat
yangi qonun
bojxona boji
raqamli texnologiyalar
bojxona qo‘mitasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0b/04/53217722_0:30:3103:1775_1920x0_80_0_0_2b5e4cb7fc6bfa1598661eb1c3847b92.jpg
TOShKENT, 23 dek – Sputnik. O‘zbekistonda bojxona ma’muriyatchiligi va tashqi savdo tartibotlarini yanada soddalashtirish hamda samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi. Prezident tegishli farmon imzoladi.Unga ko‘ra, 2026-yil 1-martdan tovarlarni chegara o‘tkazish punktlariga yetib kelguniga qadar dastlabki deklaratsiyalash orqali erkin muomalaga chiqarish bojxona rejimiga joylashtirishda:Bojxona organlarining axborot tizimida xavf aniqlanmagan hollarda quyidagi yuklar bo‘yicha bojxona yuk deklaratsiyalari avtomatik tarzda rasmiylashtiriladi:Shuningdek, tadbirkorlarning barqarorlik reytingida yuqori va o‘rta darajalarni egallagan vakolatli iqtisodiy operatorlarga qo‘shimcha imkoniyatlar taqdim etiladi. Xususan:
https://oz.sputniknews.uz/20251128/ozbekistonni-byurokratiya-xoli-53799009.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0b/04/53217722_372:0:3103:2048_1920x0_80_0_0_f849c7eab11f45c4e8613dcbdfccb967.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston bojxona, bojxona ma’muriyatchiligi, tashqi savdo tartibotlari, prezident farmoni, bojxona to‘lovlari, dastlabki deklaratsiya, davriy deklaratsiya, avtomatik bojxona rasmiylashtiruvi, vakolatli iqtisodiy operator, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash
o‘zbekiston bojxona, bojxona ma’muriyatchiligi, tashqi savdo tartibotlari, prezident farmoni, bojxona to‘lovlari, dastlabki deklaratsiya, davriy deklaratsiya, avtomatik bojxona rasmiylashtiruvi, vakolatli iqtisodiy operator, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash
Bojxona jarayonlari bo‘yicha prezident farmoni imzolandi: qanday yengilliklar joriy etildi?
O‘zbekistonda bojxona jarayonlarini soddalashtirish va tashqi savdo samaradorligini oshirishga qaratilgan yangi tartibotlar joriy etilishi belgilandi.
TOShKENT, 23 dek – Sputnik. O‘zbekistonda bojxona ma’muriyatchiligi va tashqi savdo tartibotlarini yanada soddalashtirish hamda samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi. Prezident tegishli
farmon imzoladi.
Unga ko‘ra, 2026-yil 1-martdan tovarlarni chegara o‘tkazish punktlariga yetib kelguniga qadar dastlabki deklaratsiyalash orqali erkin muomalaga chiqarish bojxona rejimiga joylashtirishda:
bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona yig‘imi miqdori 20 foizga kamaytiriladi;
bojxona to‘lovlarini bo‘lib-bo‘lib (kechiktirib) to‘lashda 14 kungacha foizlar hisoblanmaydi.
2026 yil 1-maydan tovarlarni davriy deklaratsiya orqali rasmiylashtirishda bojxona to‘lovlarini tovarlar respublika hududiga kirib kelganida har bir partiya uchun alohida to‘lash imkoniyati yaratiladi.
Bojxona organlarining axborot tizimida xavf aniqlanmagan hollarda quyidagi yuklar bo‘yicha bojxona yuk deklaratsiyalari avtomatik tarzda rasmiylashtiriladi:
yirik soliq to‘lovchi tashkilotlar, davlat tashkilotlari hamda davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan tashkilotlar tomonidan import qilinayotgan tashqi savdo yuklari;
tarif va notarif cheklovlar qo‘llanilmaydigan eksport yuklari.
Shuningdek, tadbirkorlarning barqarorlik reytingida yuqori va o‘rta darajalarni egallagan vakolatli iqtisodiy operatorlarga qo‘shimcha imkoniyatlar taqdim etiladi. Xususan:
bojxona to‘lovlari va soliqlarni qaytarish hamda o‘zaro hisobga olishda soddalashtirilgan tartibotlar joriy etiladi;
tovarlarni qadoqlash, o‘rash, saralash va tozalash kabi qayta ishlash operatsiyalari uchun alohida ruxsatnoma talab etilmaydi.