O‘zbekistondagi AES: kelgusida qo‘shimcha energobloklar qurilishi mumkin

© Sputnik / Baxrom XatamovMaket budushey atomnoy elektrostansii (AES)
Maket budushey atomnoy elektrostansii (AES) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.12.2025
Obuna bo‘lish
AESda qo‘shimcha energobloklar qurish masalasi elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoj va tahliliy hisob-kitoblar asosida ko‘rib chiqilishi mumkin.
TOShKENT, 23 dek – Sputnik. O‘zbekistonda "Rosatom" davlat korporatsiyasi ishtirokida qurilayotgan atom elektr stansiyasi (AES) maydonida to‘rtta yirik energiya blokini joylashtirish ko‘zda tutilgan, biroq hozircha reja bo‘yicha ikkita katta va ikkita kichik blok quriladi. Bu haqda "O‘zatom" direktori Azim Axmedxadjayev ma’lum qildi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
"Aniq tasdiqlangan reja yo‘q. Bugungi kunda o‘rganilgan maydon mavjud bo‘lib, u bunday joylashtirish imkoniyati borligini ko‘rsatadi. Biroq hozirgi rejaga ko‘ra, ikkita kichik va ikkita katta energoblok nazarda tutilgan. Shu bois bu masalani vaqt ko‘rsatadi", — dedi Azim Axmedxadjayev jamoatchilik eshituvlari doirasida AES quvvatini katta bloklar hisobiga kengaytirish imkoniyati haqidagi savolga javob berar ekan.
Uning ta’kidlashicha, keyinchalik stansiya quvvatini oshirish masalasi O‘zbekistonda elektr energiyasi iste’molining o‘sishi hamda uzoq muddatli rejalar inobatga olingan holda ko‘rib chiqilishi mumkin.
"Agar rahbariyatga taqdim etiladigan tahliliy hisob-kitoblar asosida shunday qaror qabul qilinsa, qo‘shimcha qurilish ishlari amalga oshiriladi", — deya qo‘shimcha qildi u.
Aydarko‘l - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.12.2025
AES: turizmga ta’siri, ishlatilgan yadro yoqilg‘isi va suv ta’minoti masalalariga izoh berildi
Yangiliklar lentasi
0