https://oz.sputniknews.uz/20251222/investitsiya-vositachilar-tartib-54375716.html
Qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya vositachilari uchun yangi tartib belgilandi
Qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya vositachilari uchun yangi tartib belgilandi
Sputnik O‘zbekiston
Qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya vositachilarining faoliyatini tartibga soluvchi nizom ro‘yxatidan o‘tkazildi. Hujjat emitent nomidan qimmatli qog‘ozlarni sotish, brokerlik, anderrayterlik xizmatlarini ko‘rsatish tartibini belgilaydi
2025-12-22T13:41+0500
2025-12-22T13:41+0500
2025-12-22T13:41+0500
qimmatli qog‘ozlar
bozor
investitsiya
o‘zbekiston
savdo
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/0a/45572531_0:72:1346:829_1920x0_80_0_0_420f3d3c8691e3534588a5a18d9e1379.jpg
TOShKENT, 22 dek — Sputnik. O‘zbekistonda investitsiya vositachilari emitent nomidan emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni sotish bo‘yicha, joylashtirilmagan qismini sotib olish majburiyatini olib yoki olmasdan shartnomalar tuzishi mumkin. Bu qoida qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya vositachilarining faoliyati to‘g‘risidagi nizomda nazarda tutilgan bo‘lib, hujjat davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.Investitsiya vositachisi shartnoma asosida mijozlarga quyidagi xizmatlarni ko‘rsatishi mumkin:Shu bilan birga, investitsiya vositachilariga quyidagi harakatlar taqiqlanadi:
https://oz.sputniknews.uz/20251216/aktsiyalar-savdo-ruxsat-taqdimot-54191540.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/0a/45572531_72:0:1272:900_1920x0_80_0_0_53453f48255131015f4641b38a5ffd74.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
investitsiya vositachilari, qimmatli qog‘ozlar bozori, emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar, emitent, anderrayterlik, brokerlik xizmatlari, market-meyker, depozitar operatsiyalar, litsenziya, moliya bozori, investitsiya xizmatlari
investitsiya vositachilari, qimmatli qog‘ozlar bozori, emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar, emitent, anderrayterlik, brokerlik xizmatlari, market-meyker, depozitar operatsiyalar, litsenziya, moliya bozori, investitsiya xizmatlari
Qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya vositachilari uchun yangi tartib belgilandi
Yangi nizom investitsiya vositachilariga emitent nomidan emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni sotish bo‘yicha shartnomalar tuzish imkonini beradi.
TOShKENT, 22 dek — Sputnik. O‘zbekistonda investitsiya vositachilari emitent nomidan emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni sotish bo‘yicha, joylashtirilmagan qismini sotib olish majburiyatini olib yoki olmasdan shartnomalar tuzishi mumkin. Bu qoida qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya vositachilarining faoliyati to‘g‘risidagi nizomda nazarda tutilgan bo‘lib, hujjat davlat
ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Nizomga muvofiq, investitsiya vositachisi — mijozning topshirig‘i asosida, uning nomidan va hisobidan qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq bitimlar hamda operatsiyalarni amalga oshiruvchi qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchisi hisoblanadi.
Investitsiya vositachisi shartnoma asosida mijozlarga quyidagi xizmatlarni ko‘rsatishi mumkin:
mijoz nomidan va hisobidan brokerlik xizmatlari;
o‘z nomidan, lekin mijoz hisobidan brokerlik xizmatlari;
anderrayterlik xizmatlari;
market-meykerlik xizmatlari.
Shu bilan birga, investitsiya vositachilariga quyidagi harakatlar taqiqlanadi:
tegishli litsenziyasiz qimmatli qog‘ozlarga oid bitimlarni tuzish;
mijozlar bilan ularning qonunchilikda belgilangan huquqlarini cheklovchi shartnomalar tuzish;
taqiqlangan bitimlarda yoki qonunchilik talablari buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan operatsiyalarda ishtirok etish;
qimmatli qog‘ozlar va ularning narxlari to‘g‘risida qasddan noto‘g‘ri axborot taqdim etish orqali sotib olish yoki sotishga undash.