https://oz.sputniknews.uz/20251217/tashkent-haydovchilar-avtomobil-kirish-avtoturgoh-54233220.html
Hokimiyat: Toshkentga kelgan haydovchilar avtomobilni kirishda avtoturgohda qoldirishi ixtiyoriy
Hokimiyat: Toshkentga kelgan haydovchilar avtomobilni kirishda avtoturgohda qoldirishi ixtiyoriy
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda nazorat-o‘tkazish punktlari modernizatsiya qilinib, avtoturargohlar va jamoat transportiga ulangan “Park & Ride” tizimi joriy etiladi.
2025-12-17T15:33+0500
2025-12-17T15:33+0500
2025-12-17T15:33+0500
jamiyat
avtomobil
ekologiya
transport
jamoat transporti
toshkent
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0a/04/45968109_0:320:3072:2048_1920x0_80_0_0_5f28857a07fa1594e23c8dea656bc673.jpg
TOShKENT, 17 dek — Sputnik. Toshkent shahriga avtomobillar kirishiga nisbatan hech qanday cheklov yoki taqiqlar joriy etilmayapti. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati poytaxt transport tizimini tashkil etishda rejalashtirilayotgan o‘zgarishlar yuzasidan bergan izohida ma’lum qildi.Qayd etilishicha, nazorat-o‘tkazish punktlarining bir qismi shahar tashqarisiga ko‘chiriladi, qolgan qismi esa rekonstruksiya qilinadi. Ushbu hududlarda yirik avtoturargohlar, kempinglar, dam olish joylari hamda shaharga tez va qulay yetib olish imkonini beradigan rivojlangan jamoat transporti infratuzilmasi barpo etiladi.Bunday “Park & Ride” modeli dunyoning yetakchi megapolislarida keng qo‘llanilib, transport oqimini kamaytirish va shahar muhitini yaxshilashga xizmat qiladi.Ma’lum qilinishicha, ushbu chora-tadbirlar Toshkent shahrida transport yuklamasini kamaytirish, tirbandliklarni qisqartirish hamda ekologik holatni yaxshilashga qaratilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20251205/tashkent-transport-parkovkalar-53971390.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0a/04/45968109_211:0:2942:2048_1920x0_80_0_0_5f55087238af34f80b3cc02f94db825a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
toshkent transporti, park & ride, nazorat-o‘tkazish punktlari, avtoturargohlar, jamoat transporti, toshkent shahar hokimligi, transport yuklamasi, tirbandlik, ekologiya, shahar infratuzilmasi
toshkent transporti, park & ride, nazorat-o‘tkazish punktlari, avtoturargohlar, jamoat transporti, toshkent shahar hokimligi, transport yuklamasi, tirbandlik, ekologiya, shahar infratuzilmasi
Hokimiyat: Toshkentga kelgan haydovchilar avtomobilni kirishda avtoturgohda qoldirishi ixtiyoriy
Ma’lum qilinishicha, yangi transport yechimlari majburiy hisoblanmaydi va haydovchilar uchun faqat qo‘shimcha imkoniyat sifatida taklif etilmoqda
TOShKENT, 17 dek — Sputnik. Toshkent shahriga avtomobillar kirishiga nisbatan hech qanday cheklov yoki taqiqlar joriy etilmayapti. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati poytaxt transport tizimini tashkil etishda rejalashtirilayotgan o‘zgarishlar yuzasidan bergan izohida
ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, nazorat-o‘tkazish punktlarining bir qismi shahar tashqarisiga ko‘chiriladi, qolgan qismi esa rekonstruksiya qilinadi. Ushbu hududlarda yirik avtoturargohlar, kempinglar, dam olish joylari hamda shaharga tez va qulay yetib olish imkonini beradigan rivojlangan jamoat transporti infratuzilmasi barpo etiladi.
Ta’kidlanishicha, mazkur choralar majburiyat emas, balki qo‘shimcha imkoniyat hisoblanadi. Haydovchilar o‘z xohishiga ko‘ra avtomobilni shahar kirishida qoldirib, safarni jamoat transportida davom ettirishi yoki avvalgidek shaxsiy avtomobilida shaharga kirishi mumkin bo‘ladi.
Bunday “Park & Ride” modeli dunyoning yetakchi megapolislarida keng qo‘llanilib, transport oqimini kamaytirish va shahar muhitini yaxshilashga xizmat qiladi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu chora-tadbirlar Toshkent shahrida transport yuklamasini kamaytirish, tirbandliklarni qisqartirish hamda ekologik holatni yaxshilashga qaratilgan.