Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya qo‘shinlari Gerasimovkani ozod qildi: hujumni rivojlantirish imkoniyati oshdi

© Sputnik / Stanislav Krasilnikov / Mediabankka o‘tishOsvobojdennie sela v Kurskoy oblasti
Osvobojdennie sela v Kurskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.12.2025
Obuna bo‘lish
Gerasimovkani nazoratga olish “Sharq” qo‘shinlari guruhiga Gaychur darosining g‘arbiy qirg‘og‘ida mustahkamlanish va Dnepropetrovsk viloyati ichkarisiga hujumni rivojlantirish imkonini beradi.
TOShKENT, 17 dek – Sputnik. Rossiya armiyasi Dnepropetrovsk viloyatidagi Gerasimovka aholi punktini ozod qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, “Sharq” qo‘shinlari guruhining 29-armiyasi tarkibidagi 36-gvardiya motoo‘qchi brigadasining hujum bo‘linmalari faol jang harakatlari davomida aholi punktini nazoratga olgan. Shu bilan birga, Gaychur darosining g‘arbiy qirg‘og‘idagi plasdarm ham kengaytirilgan.
Daroning g‘arbiy sohili bo‘ylab ilgarilash davomida Ukraina Qurolli kuchlarining bir nechta tayanch punktlari yo‘q qilingan. Natijada front bo‘ylab ikki kilometrgacha, chuqurlikda esa bir kilometrgacha bo‘lgan hudud nazorat ostiga olingan.
Janglar chog‘ida dushmanning ikkita zirhli jangovar mashinasi,, “Baba-Yaga” turidagi 12 ta geksakopter yo‘q qilingani, shu hududda mudofaada turgan dushmanning jonli kuchi zararsizlantirilgani qayd etildi.
Rossiya Mudofaa vazirligiga ko‘ra, Gerasimovkani egallash “Sharq” qo‘shinlari guruhi uchun Gaychur darosining g‘arbiy qirg‘og‘ida mustahkamlanishda muhim bosqich bo‘lib, Dnepropetrovsk viloyati ichkarisiga hujumni davom ettirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratdi.
Broneavtomobil Tigr VS RF v rayone punkta propuska Verigovka-Chugunovka na rossiysko-ukrainskoy granitse. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.12.2025
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya qo‘shinlari Xarkov viloyatidagi aholi punktini ozod qildi
Yangiliklar lentasi
0