Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Zelenskiy Ukraina Qrimni qaytarolmasligi va NATOga kirish umidi kamligini tan oldi

© AP PhotoVladimir Zelenskiy vistupayet v Kiyeve 3-aprelya 2022 goda
Vladimir Zelenskiy vistupayet v Kiyeve 3-aprelya 2022 goda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.12.2025
Obuna bo‘lish
Zelenskiy Qrimni qaytarish uchun Ukrainada yetarli kuch va qo‘llab-quvvatlash yo‘qligini bildirdi. Shuningdek, u mamlakatning NATOga qabul qilinishi bo‘yicha ham umidlar kamligini aytdi.
TOShKENT, 10 dek — Sputnik. Vladimir Zelenskiy Qrimni Ukraina tarkibiga qaytarish imkoniyati hozircha yo‘qligini tan oldi.
Uning aytishicha, mamlakat Qrim bo‘yicha rejalarni amalga oshirish uchun yetarli quvvat va xalqaro qo‘llab-quvvatlashga ega emas.

“Rostini aytsam, hozir buning barchasiga kuchimiz yetmaydi. Bu vazifalar uchun bizga yetarli darajada qo‘llab-quvvatlash yo‘q", — dedi Zelenskiy.

Qrim 2014-yil mart oyida Ukrainadagi davlat to‘ntarilishidan keyin o‘tkazilgan referendum yakunlariga ko‘ra Rossiya tarkibiga kirdi. Ukraina va G‘arb davlatlari bu referendum natijalarini tan olmagan, Kiyev esa hozirgacha Qrimni o‘z hududi deb hisoblaydi. Ukraina mintaqaga hujum qilib turadi.
Rossiya tomoni bir necha bor referendum xalqaro huquq normalariga muvofiq o‘tkazilganini ta’kidlagan. Vladimir Putinning so‘zlariga ko‘ra, Qrim masalasi “uzil-kesil yopilgan” va hududiy chegaralar Rossiya Konstitutsiyasida mustahkamlangan.
Zelenskiy, shuningdek, AQSh va qator G‘arb davlatlari hozircha Ukrainaning NATOga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatlamayotganini ham aytdi.

“Biz yaxshi bilamizki, AQSh ham, yana bir qancha davlatlar ham hozircha Ukrainani NATOda ko‘rmayapti", — dedi u.

Tramp - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.11.2025
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Qrim va Donbassni tan olish, NATOdan voz kechish — Trampning Ukraina tinchlik rejasi ochiqlandi
Yangiliklar lentasi
0