Turizm hajmi 4,4 mlrd dollarga yetdi — rossiyalik sayyohlar soni 1 millionga yaqinlashmoqda

© Sputnik / Baxrom XatamovTuristi v Uzbekistane
Turisti v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.12.2025
Obuna bo‘lish
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, rossiyalik sayyohlar O‘zbekistonga tashrif bo‘yicha Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘izistondan keyin to‘rtinchi o‘rinni egallaydi.
TAShKENT, 9 dek — Sputnik. 2025 yilning yanvar-noyabr oylarida Rossiyadan O‘zbekistonga kelgan sayyohlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 14,5 foizga oshib, 923,7 ming nafarni tashkil etdi. Bu haqda RIA Novostiga Turizm qo‘mitasi ma’lum qildi.
Ma’lumotga ko‘ra, yil yakuniga qadar bu ko‘rsatkich 1 million nafar mehmonga yetishi mumkin.
Umuman, O‘zbekistonga kelgan xorijiy sayyohlar soni ham o‘sishda davom etmoqda: ushbu davrda mamlakatga 10,7 million sayyoh tashrif buyurgan — bu 2024-yilga nisbatan 14,5 foizga ko‘p. Turizm xizmatlari eksporti hajmi esa 4,4 milliard dollarga yetgan (1,44 barobar o‘sish).
Rossiyalik sayyohlar oqimi ham yil davomida sezilarli oshgan: o‘tgan yili 807 ming bo‘lgan ko‘rsatkich 2025-yilda 923,7 ming nafarga yetgan. Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyadan tashriflar soni 2024-yil yakunidan ham oshib ketgan va 2023-yilga nisbatan 1,4 baravarga oshgan.
Turizm infratuzilmasi ham kengaymoqda: joriy yilda O‘zbekiston hududlarida 954 ta yangi joylashtirish vositalari ishga tushirilib, umumiy soni 6,86 mingta, sig‘imi esa 183,9 ming o‘ringa yetdi. Bu, qo‘mitaning ta’kidlashicha, xorijiy mehmonlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vaziri o‘rinbosari Dmitriy Vaxrukov avvalroq Rossiyadan O‘zbekistonga sayyohlar oqimi 2025-yil oxiriga qadar 1 milliondan oshib ketishi mumkinligini bildirgan. Uning ta’kidlashicha, bunda O‘zbekiston bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar tarmog‘ining kengayishi muhim omil bo‘lmoqda — hozirda Rossiyaning turli hududlaridan mamlakat shaharlariga 353 ta aviareys amalga oshirilmoqda.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, rossiyalik sayyohlar O‘zbekistonga tashrif bo‘yicha Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘izistondan keyin to‘rtinchi o‘rinni egallaydi. 2024-yilda mamlakatga 10,2 million xorijiy sayyoh kelgan bo‘lib, rossiyaliklar soni 870 ming nafarni tashkil etgan.
Top 5 kuda chashe vsego yedut turisti iz Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.12.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p sayohat qilayotgan davlatlar — infografika
Yangiliklar lentasi
0