"Humans" orqali to‘lovlar vaqtincha to‘xtatildi — Markaziy bank izoh berdi

© RIA Novosti / Vladimir Pesnya Chelovek s telefonom v rukax. Arxivnoe foto
Chelovek s telefonom v rukax. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.12.2025
Obuna bo‘lish
"Humans" orqali “Octagram” AJ ko‘rsatgan P2P to‘lov xizmatlari xavfsizlik sababli vaqtincha to‘xtatildi.
TOShKENT, 9 dek – Sputnik. "Humans" mobil ilovasi orqali “Octagram” AJ tomonidan ko‘rsatiladigan barcha to‘lov xizmatlari vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumotga ko‘ra, “Humans companies” AJ va “Octagram” AJ (Paylov savdo belgisi) o‘rtasida 2025-yil 10-aprelda shartnoma imzolangan bo‘lib, unga muvofiq "Humans" agent sifatida o‘z mijozlariga to‘lov xizmatlarini (to‘lovlar va P2P pul o‘tkazmalarini) taqdim etib kelgan.
8 dekabr kuni Markaziy bankka fuqarolardan "Humans" ilovasi orqali mablag‘lar yechib olingani haqida murojaatlar tushgan.
Shu munosabat bilan regulyator “Octagram” AJ bilan bog‘lanib, xavfsizlik talablariga rioya etilishini ta’minlash va ehtimoliy zaifliklarni bartaraf etish maqsadida P2P amaliyotlarni vaqtincha to‘xtatish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.
Markaziy bank "Uzcard" va "Humo" kartalari orqali amalga oshiriladigan to‘lov va o‘tkazmalar odatiy tartibda ishlayotganini, kartalardan boshqa bank va to‘lov tashkilotlari ilovalarida foydalanish imkoniyati ham saqlanganini ma’lum qildi.
Xabar qilinishicha, ushbu holat yuzasidan tezkor tekshiruv boshlangan. Barcha shubhali tranzaksiyalar, texnik jarayonlar va platformalar o‘rtasidagi amaliyotlar to‘liq o‘rganilmoqda.
Ma’lumot uchun: P2P to‘lov — bir kartadan boshqa kartaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri pul o‘tkazish xizmati.
Tashkent. Sentralniy bank Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.10.2025
MB: TBC, "Davr" va "Hamkorbank" jarimaga tortildi— mijozlarga 28 mlrd so‘m qaytarildi
Yangiliklar lentasi
0