Tramp AQShda Perestroyka boshladi: bu butun dunyoga ta’sir qiladi

© RIA Novosti
Obuna bo‘lish
Gorbachov davridagi Sovet Ittifoqiga yangi islohotlar kerakmidi? Albatta! Lekin ular Gorbachov qilganidek amalga oshirilishi kerakmidi? — Mutlaqo yo‘q!
Bir necha o‘n yillar o‘tib, AQSh ham xuddi shunday muammoga duch kelmoqda. Tramp esa birinchi bo‘lib javob berishga harakat qiladi. Ammo Gorbachevning qayta qurishi faqat sotsialistik lagerni o‘zgartirgan bo‘lsada, AQShning qayta qurishi ancha jiddiyroq - bu butun dunyoga ta’sir qiladi.
"Bizning sobiq elitamiz Amerika global hukmronlik yukini ko‘tarish imkoniyatini haddan ortiq oshirib yuborishdi, chunki buning Amerika xalqining milliy manfaatlariga hech qanday aloqasi yo‘q", - deyiladi AQShning yangi Milliy xavfsizlik strategiyasida.
Hujjatda Sovuq urush tugaganidan so‘ng Vashington noto‘g‘ri siyosat yuritgani ochiq aytilgan. Sababi — sobiq prezidentlarning globalistik ambitsiyalari.
Yangi Strategiya mualliflari bu xatolar og‘ir oqibatlarga olib kelganiga amin. Axir Qo‘shma Shtatlar o‘z gegemonligini saqlab qolish uchun haddan tashqari kengaydi: sanoat vayron bo‘ldi, "erkin savdo" — boshqa mamlakatlar Amerikadan foydalanishiga olib keldi, amerikalik ishchilar sinf sifatida yo‘q bo‘lib ketish arafasida, amerikalik askarlar dunyoning narigi tomonida begona manfaatlarni behuda himoya qilmoqda. AQShning o‘zi esa immigrantlar bilan to‘lib toshgan. Tramp va yangi ma’muriyat bularning barchasiga urush e’lon qilmoqda.
Urush ikki yo‘nalishda - ham ichki ham tashqi jabhalarda olib boriladi. Trampning asosiy dushmanlari AQShning ichida ekani uzoq vaqtdan beri ma’lum bo‘lsada, uning tashqi siyosati dastlab Yevropaga qarshi hujumni boshladi. Aniqroq aytganda, Yevropa Itifoqiga, Brusselga qarshi.
"Amerika rasmiylari har safar Yevropa muammolari — kam moliyalashtirilgan harbiy kuchlar va iqtisodiy turg‘unligi deyishga odatlangan. Ammo muammo ancha chuqurroq", - deyiladi hujjatda.
"Sovuq urush"dan keyin Yevropaning global yalpi ichki mahsulotdagi ulushi deyarli yarmiga — 25 foizdan 14 foizga qisqardi.
Ammo iqtisodiy tanazzul Yevropa sivilizatsiyasining yo‘q bo‘lib ketish kabi dahshatli istiqbolini olib kelishi mumkin. bu AQSh ma’muriyatini jiddiy xavotirga solgan.
Vashington bir necha o‘n yil ichida NATOga a’zo ba’zi davlatlar aholisi “asosan yevropaliklar” bo‘lmasligidan xavotirda. Ular ittifoqchilik majburiyatlariga sodiq qoladilarmi? Ular Amerika qadriyatlarini baham ko‘radimi?
Oq uy bunga ishonchi komil emas, lekin ular tezda Yevropaning aybini topishdi: "Yevropa Ittifoqi va boshqa millatlararo tashkilotlarning harakatlari siyosiy erkinlik va suverenitetga putur etkazmoqda, migratsiya siyosati esa qit’ani qayta shakllantirmoqda va kelishmovchiliklarni qo‘zg‘atmoqda. Yevropa senzura, siyosiy muxolifatning bostirilishi, tug‘ilishning keskin kamayib borishi, milliy ishonchning yo‘qolishiga duch kelmoqda".
Aslini olganda, yevropaliklar birinchi marta asosiy ittifoqchilari tomonidan demokratiyaga xiyonat qilishda ayblanmoqda. Ayblov esa asosli.
Maxsus operatsiya boshlanganidan so‘ng Rossiya kollektiv G‘arbning keskin qarshiligiga, va kutilmagan mantiqqa zid qarorlariga duch keldi. Rossiyani tor-mor etishga qaratilgan qadamlar ayrim davlatlarda o‘z joniga qasd qilishga teng bo‘ldi.
Misol uchun, Germaniya arzon energiya manbalaridan ayrilganidan so‘ng o‘z iqtisodiy salohiyatidan mahrum bo‘la boshladi, sanoatning butun boshli tarmoqlari boshqa mamlakatlarga ko‘chirildi. Ammo Germaniya bu yo‘lda yolg‘iz emas.
Misli kuo‘rilmagan korrupsiga botgan Kiyev rejimiga yordam berish hech qanday Yevropa davlatining manfaatlariga to‘g‘ri kelmasdi. Hatto vahimaga tushgan Boltiqbo‘yi respublikalari uchun ham bu foydadan ko‘ra ko‘proq zarar keltirdi. Ammo nihoyatda mavhum “demokratiya manfaatlari” ulardan ushbu qurbonlikni talab qildi.
Yevropa Ittifoqi ana shunday mavhum shiorlarni ilgari surishda eng faol bo‘ldi. Lavozimlariga noaniq yo‘llar bilan tayinlangan amaldorlar milliy manfaatlarga mutlaqo zid Yevropa siyosatini olib bordilar.
Maxsus harbiy operatsiyani boshlagan Rossiya — amerikalik demokratlar, yevropalik burokratlar, NATO rasmiylari va xalqaro korporatsiyalarning urushdan keyingi dunyosiga qarshi chiqqan birinchi davlat bo‘ldi.
Hozir Tramp ham shunday qilyapti. U yangi milliy xavfsizlik strategiyasida jahon siyosatida davlatlar milliy manfaatlari ustuvorligini yuqori ko‘tarmoqda. Amerika manfaatlari uchun u "Monro doktrinasi"ni qayta tiklamoqda. Yevropa Ittifoqi va NATOni esa yangi dunyo tartibi oyoqlari ostiga tashlamoqda.
Yaqin-yaqingacha ushbu uyushmalar demokratlar qo‘lidagi itoatkor qurollar edi. Endi bo‘lsa eski kuchlar Trampning urushni tugatish urinishlariga astoydil qarshilik ko‘rsatmoqda.
Amerika prezidentining ularga qarshi ayblovlari asosli. Ammo xalqaro siyosatda ayblovlarning adolati bir tiyinga ham arzimaydi. Muhimi, uni ta’minlay olish! Xo‘sh Tramp buning uddasidan chiqadimi?
U Qo‘shma Shtatlar ichida ham, tashqarisida ham keskin to‘sqinlikka uchrashi aniq.