https://oz.sputniknews.uz/20251203/wildberries-ozbek-tovarlar-53914418.html
Manturov: 2024-yilda "Wildberries"da 605 mln dollarlik o‘zbek tovarlari sotilgan
Manturov: 2024-yilda "Wildberries"da 605 mln dollarlik o‘zbek tovarlari sotilgan
Sputnik O‘zbekiston
Wildberriesda o‘zbek tovarlari sotuvi 605 mln dollarga yetdi. Kompaniya O‘zbekistonda 11 mlrd rubllik logistika markazi qurmoqda. Manturov ikki davlat o‘rtasida haftasiga 300 aviaqatnov amalga oshirilayotganini ma’lum qildi.
2025-12-03T15:28+0500
2025-12-03T15:28+0500
2025-12-03T15:28+0500
rossiya
o‘zbekiston
elektron savdo
denis manturov
toshkent
hamkorlik
iqtisod
jamshid xodjayev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0c/03/53909443_0:0:2730:1537_1920x0_80_0_0_6861543b1c16218140327f87c1594bcc.jpg
TOShKENT, 3 dek – Sputnik. 2024-yilda "Wildberries" platformasida sotilgan o‘zbek tovarlari hajmi 605 million dollarga yetib, platformani O‘zbekiston mahsulotlari uchun eng yirik savdo kanaliga aylantirdi. Bu haqda Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Denis Manturov iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning 26-yig‘ilishida ma’lum qildi, deb xabar beradi Sputnik muxbiri.Ma’lumotlarga ko‘ra, "Wildberries" O‘zbekistonda qiymati 11 mlrd rubldan ortiq, maydoni 100 ming kvadrat metr bo‘lgan logistika markazi qurishni rejalashtirmoqda. Loyiha doirasida 7,5 mingtaga yaqin ish o‘rni yaratiladi, majmuani kelgusi yil oxirigacha ishga tushirish ko‘zda tutilgan.Biznes-forumda 50 nafarga yaqin rossiyalik tadbirkor ishtirok etmoqda. Delegatsiya tarkibiga sanoat, energetika, ulgurji-chakana savdo va raqamli sektor kompaniyalari kiradi.Manturov aviaaloqalar bo‘yicha mavjud parvozlar sonini ham ta’kidladi:Toshkentda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyasining 26-yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Majlis bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev va Rossiya hukumati raisining birinchi o‘rinbosari Denis Manturovning hamraisligi ostida o‘tkazilmoqda. Tadbirda ikki mamlakat vazirlik va idoralari rahbarlari, shuningdek, Nijniy Novgorod, Omsk, Boshqirdiston va Krasnoyarsk o‘lkasi delegatsiyalari qatnashmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20251203/uzbekistan-russia-hisob-milliy-valyutalar-53913543.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0c/03/53909443_0:0:2730:2048_1920x0_80_0_0_1de6c9f12a79a2e9a7b2088cfe246d70.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
wildberries o‘zbekiston, 605 mln dollar, denis manturov, logistika markazi, 11 mlrd rubl, 7,5 ming ish o‘rni, o‘zbekiston rossiya hamkorlik, aviaqatnovlar 300, hukumatlararo komissiya 26-yig‘ilish, o‘zbek mahsulotlari eksporti, toshkent forum
wildberries o‘zbekiston, 605 mln dollar, denis manturov, logistika markazi, 11 mlrd rubl, 7,5 ming ish o‘rni, o‘zbekiston rossiya hamkorlik, aviaqatnovlar 300, hukumatlararo komissiya 26-yig‘ilish, o‘zbek mahsulotlari eksporti, toshkent forum
Manturov: 2024-yilda "Wildberries"da 605 mln dollarlik o‘zbek tovarlari sotilgan
"Wildberries"da o‘zbek tovarlari sotuvi 605 million dollarga yetdi, kompaniya O‘zbekistonda yirik logistika markazi qurishni rejalashtirmoqda.
TOShKENT, 3 dek – Sputnik. 2024 yilda "Wildberries" platformasida sotilgan o‘zbek tovarlari hajmi 605 million dollarga yetib, platformani O‘zbekiston mahsulotlari uchun eng yirik savdo kanaliga aylantirdi. Bu haqda Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Denis Manturov iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning 26-yig‘ilishida ma’lum qildi, deb xabar beradi
Sputnik muxbiri.
Ma’lumotlarga ko‘ra, "Wildberries" O‘zbekistonda qiymati 11 mlrd rubldan ortiq, maydoni 100 ming kvadrat metr bo‘lgan logistika markazi qurishni rejalashtirmoqda. Loyiha doirasida 7,5 mingtaga yaqin ish o‘rni yaratiladi, majmuani kelgusi yil oxirigacha ishga tushirish ko‘zda tutilgan.
Biznes-forumda 50 nafarga yaqin rossiyalik tadbirkor ishtirok etmoqda. Delegatsiya tarkibiga sanoat, energetika, ulgurji-chakana savdo va raqamli sektor kompaniyalari kiradi.
"Biznesning bunday vakillik ishtiroki Rossiya kompaniyalarining O‘zbekiston bilan hamkorlikni chuqurlashtirishga bo‘lgan haqiqiy qiziqishini ko‘rsatadi", — dedi Manturov.
Manturov aviaaloqalar bo‘yicha mavjud parvozlar sonini ham ta’kidladi:
"O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida haftasiga 300 tadan ortiq aviaqatnov amalga oshiriladi", — dedi u.
Toshkentda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyasining 26-yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Majlis bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev va Rossiya hukumati raisining birinchi o‘rinbosari Denis Manturovning hamraisligi ostida o‘tkazilmoqda. Tadbirda ikki mamlakat vazirlik va idoralari rahbarlari, shuningdek, Nijniy Novgorod, Omsk, Boshqirdiston va Krasnoyarsk o‘lkasi delegatsiyalari qatnashmoqda.