https://oz.sputniknews.uz/20251203/uzbekistan-russia-hisob-milliy-valyutalar-53913543.html
Xodjayev: O‘zbekiston-Rossiya hisob-kitoblarining 75 foizi milliy valyutalarda amalga oshmoqda
Xodjayev: O‘zbekiston-Rossiya hisob-kitoblarining 75 foizi milliy valyutalarda amalga oshmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentdagi O‘zbekiston–Rossiya komissiyasi yig‘ilishda Xodjayev ikki mamlakat o‘rtasidagi 55 mlrd dollarlik investitsiya portfeli, savdo o‘sishi, qo‘shma sanoat maydonchalari va milliy valyutalardagi 75% hisob-kitoblar haqida ma’lum qildi
2025-12-03T14:50+0500
2025-12-03T14:50+0500
2025-12-03T15:00+0500
jamshid xodjayev
investitsiya
hamkorlik
iqtisod
rossiya
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0c/03/53909334_0:256:2730:1792_1920x0_80_0_0_97df90d86ebe0a24f21f9e002cb6c8b8.jpg
TOShKENT, 3 dek – Sputnik. Toshkentda o‘tkazilayotgan O‘zbekiston–Rossiya Hukumatlararo komissiyasining 26-yig‘ilishida bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari haqida ma’lumot berdi, deb xabar beradi Sputnik muxbiri.Boz vazir o‘rinbosarining aytishicha, O‘zbekistonda Rossiya kapitali ishtirokida 3000 dan ortiq kompaniya faoliyat yuritmoqda.U, shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi qo‘shma investitsiya loyihalari portfeli 55 milliard dollardan oshganini qayd etdi.Xodjayevga ko‘ra, 2024–2025 yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Rossiya qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining eng yirik xaridorlaridan biriga aylangan. Savdoda nafaqat xomashyo, balki tayyor sanoat tovarlari, to‘qimachilik va qayta ishlash mahsulotlari ulushi ham oshib bormoqda.U Rossiya orqali oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportidagi o‘sishni yuqori baholar ekan, qo‘shimcha qildi:Shuningdek, Xodjayev Rossiya bilan Sanoat injiniring markazi tashkil etish tashabbusini ilgari surdi. Toshkent, Jizzax, Buxoro va Navoiydagi qo‘shma sanoat maydonchalari allaqachon ikki tomonlama kooperatsiyaning asosiga aylanib borayotganini ta’kidladi.Xodjayev ikki mamlakat o‘rtasidagi to‘lovlar tizimida milliy valyutalar ulushi oshib borayotganini ham ma’lum qildi:U bu jarayonni to‘lov kanallarini rivojlantirish, tizimlarni integratsiya qilish va kiberxavfsizlikni oshirish orqali mustahkamlash zarurligini qayd etdi.Xodjayevga ko‘ra, 2026-yilgacha yangi qo‘shma loyihalar puli shakllantiriladi. U hozirgi hamkorlik mexanizmlarining o‘ziga xosligini ta’kidladi:So‘zining yakunida Xodjayev sun’iy intellekt loyihalari uchun soliq imtiyozlari berilgan maxsus zona tashkil etilganini bildirdi.
https://oz.sputniknews.uz/20251203/ozbekiston-rossiya-tovar-ayirboshlash-53908285.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0c/03/53909334_0:0:2730:2048_1920x0_80_0_0_61c1f86ad9f9acf9a7fbf8881710b278.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston rossiya hamkorlik, jamshid xodjayev, hukumatlararo komissiya, 55 mlrd dollar loyihalar, rossiya kapitali, innoprom markaziy osiyo, sanoat kooperatsiyasi, milliy valyutalarda to‘lovlar, qishloq xo‘jaligi savdosi, rossiya it-kompaniyalari, raqamli iqtisodiyot o‘zbekiston
o‘zbekiston rossiya hamkorlik, jamshid xodjayev, hukumatlararo komissiya, 55 mlrd dollar loyihalar, rossiya kapitali, innoprom markaziy osiyo, sanoat kooperatsiyasi, milliy valyutalarda to‘lovlar, qishloq xo‘jaligi savdosi, rossiya it-kompaniyalari, raqamli iqtisodiyot o‘zbekiston
Xodjayev: O‘zbekiston-Rossiya hisob-kitoblarining 75 foizi milliy valyutalarda amalga oshmoqda
14:50 03.12.2025 (yangilandi: 15:00 03.12.2025) Toshkentda o‘tgan 26-yig‘ilishda Xodjayev O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi 55 milliard dollarlik investitsiya portfeli, savdo o‘sishi va sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha yangi tashabbuslarni ma’lum qildi.
TOShKENT, 3 dek – Sputnik. Toshkentda o‘tkazilayotgan O‘zbekiston–Rossiya Hukumatlararo komissiyasining 26-yig‘ilishida bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari haqida ma’lumot berdi, deb xabar beradi
Sputnik muxbiri.
Boz vazir o‘rinbosarining aytishicha, O‘zbekistonda Rossiya kapitali ishtirokida 3000 dan ortiq kompaniya faoliyat yuritmoqda.
"Rossiya xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni bo‘yicha yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi", — dedi Xodjayev.
U, shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi qo‘shma investitsiya loyihalari portfeli 55 milliard dollardan oshganini qayd etdi.
"Faqat 2025-yilning o‘zida 5 milliardga yaqin Rossiya investitsiyalarini o‘zlashtirishni kutmoqdamiz. Bu yangi ishlab chiqarish, ish o‘rinlari va soliq tushumlari shaklida jiddiy samara berishi kerak", — dedi bosh vazir o‘rinbosari.
Xodjayevga ko‘ra, 2024–2025 yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Rossiya qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining eng yirik xaridorlaridan biriga aylangan. Savdoda nafaqat xomashyo, balki tayyor sanoat tovarlari, to‘qimachilik va qayta ishlash mahsulotlari ulushi ham oshib bormoqda.
U Rossiya orqali oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportidagi o‘sishni yuqori baholar ekan, qo‘shimcha qildi:
"Savdo hajmining oshishi, albatta, qayta ishlash va kooperatsiyani chuqurlashtirish hisobiga ta’minlanishi muhim," — dedi u.
Shuningdek, Xodjayev Rossiya bilan Sanoat injiniring markazi tashkil etish tashabbusini ilgari surdi. Toshkent, Jizzax, Buxoro va Navoiydagi qo‘shma sanoat maydonchalari allaqachon ikki tomonlama kooperatsiyaning asosiga aylanib borayotganini ta’kidladi.
"‘Innoprom. Markaziy Osiyo’ yakunlari bo‘yicha qariyb 4 milliard dollarlik kelishuvlar imzolandi. Biz taqdimotlardan ishlab chiqarish quvvatlarini amaliy ishga tushirish bosqichiga o‘tapmiz", — dedi bosh vazir o‘rinbosari.
Xodjayev ikki mamlakat o‘rtasidagi to‘lovlar tizimida milliy valyutalar ulushi oshib borayotganini ham ma’lum qildi:
"O‘zaro hisob-kitoblarning 75 foizdan ortig‘i milliy valyutalarda amalga oshirilmoqda", — dedi u.
U bu jarayonni to‘lov kanallarini rivojlantirish, tizimlarni integratsiya qilish va kiberxavfsizlikni oshirish orqali mustahkamlash zarurligini qayd etdi.
Xodjayevga ko‘ra, 2026-yilgacha yangi qo‘shma loyihalar puli shakllantiriladi. U hozirgi hamkorlik mexanizmlarining o‘ziga xosligini ta’kidladi:
“Hech bir davlat bilan bunday platforma yo‘q — maxsus sanoat zonalari, injenerlik maktablari va qo‘shma yo‘nalishlar kabi imkoniyatlar faqat shu hamkorlikda mavjud", — dedi O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari.
So‘zining yakunida Xodjayev sun’iy intellekt loyihalari uchun soliq imtiyozlari berilgan maxsus zona tashkil etilganini bildirdi.
"Rossiya IT-kompaniyalari va moliya institutlari ushbu loyihalarda infratuzilma va amaliy yechimlar bo‘yicha ishtirok etishiga umid qilamiz", — dedi u.