Xodjayev va Manturov mintaqalararo hamkorlikni mustahkamlash “yo‘l xaritasi”ni imzoladi

© SputnikXodjayev i Manturov podpisali "dorojnuyu kartu" po ukrepleniyu mejregionalnogo sotrudnichestva
Xodjayev i Manturov podpisali dorojnuyu kartu po ukrepleniyu mejregionalnogo sotrudnichestva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.12.2025
Obuna bo‘lish
Toshkentda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston va Rossiya Hukumatlararo komissiyasi yig‘ilishida mintaqalararo hamkorlik “yo‘l xaritasi” va bayonnoma imzolandi.
TOShKENT, 3 dek – Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning hamraislari komissiya yig‘ilishi bayonnomasi hamda 2025–2030 yillarga mo‘ljallangan mintaqalararo hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni imzoladi, deb xabar beradi Sputnik muxbiri.
Shuningdek, Denis Manturov va Jamshid Xodjayev ishtirokida Rossiyaning “Kichik va o‘rta biznes korporatsiyasi” AJ va O‘zbekistonning Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Toshkentda bo‘lib o‘tgan komissiyaning 26-yig‘ilishiga O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Xodjayev va Rossiya hukumati raisining birinchi o‘rinbosari Denis Manturov hamraislik qildi.
Tadbirda ikki mamlakat vazirlik va idoralari rahbarlari, shuningdek, Nijniy Novgorod, Omsk, Boshqirdiston va Krasnoyarsk o‘lkalari delegatsiyalari ishtirok etdi. Biznes-forum doirasida 50 nafarga yaqin rossiyalik tadbirkor ham qatnashdi.
26-e zasedanie Mejpravitelstvennoy rossiysko-uzbekskoy komissii po ekonomicheskomu sotrudnichestvu. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.12.2025
Manturov: 2024-yilda "Wildberries"da 605 mln dollarlik o‘zbek tovarlari sotilgan
Yangiliklar lentasi
0