Qozog‘istonda elektr energiyasi uchun cheklangan tariflar yetti yilga “muzlatilishi” mumkin

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishRosstandart vvel novie pravila proverki schetchikov
Rosstandart vvel novie pravila proverki schetchikov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.12.2025
Obuna bo‘lish
Aytilishicha, tariflarni muzlatish bo‘yicha qaror Qozog‘iston prezidenti raisligida inflyatsiya xatarlari yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlarni amalga oshirish doirasida qabul qilingan.
TOShKENT, 3 dek — Sputnik. Qozog‘iston energetika vazirining “Elektr energiyasi uchun cheklangan tariflarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyruq loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar portaliga joylashtirildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Qozog‘istonda elektr energiyasi uchun cheklangan tariflar energiya ishlab chiqaruvchi tashkilotlar guruhlari bo‘yicha yetti yillik davrlar uchun tasdiqlanadi. Zaruriyat tug‘ilganda, ularga tuzatishlar kiritilishi mumkin.
“Mamlakatda tariflar o‘sishini vaqtincha muzlatish to‘g‘risida qaror qabul qilingani uchun 2026–2032 yillarga mo‘ljallangan cheklangan tariflar 2025-yil darajasida saqlab qolinadi”, — deyiladi buyruq loyihasida.
Shu bilan birga, tariflarning ushbu tarzda tasdiqlanishi yagona xaridor narxiga ta’sir qilmasligi ta’kidlanmoqda. Yangi tariflar 2026-yil 1-yanvardan amalga kiritilib, 2032-yil oxirigacha amal qiladi.
Loyihaning jamoatchilik muhokamasi 17-dekabrga qadar davom etadi.
Obsujdeni voprosi ekologicheskoy stabilnosti, podgotovki k zime i pojarnoy bezopasnosti
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.12.2025
Qishda elektr va gaz o‘chmasin — prezident yig‘ilishda yana qanday topshiriqlar berdi?
Yangiliklar lentasi
0