https://oz.sputniknews.uz/20251202/xodim-tizim-shaxs-aniqlash-53884590.html
Patrul xodimlari qachon shaxsni to‘xtatib, tizim orqali shaxsini aniqlashi mumkin?
Patrul xodimlari qachon shaxsni to‘xtatib, tizim orqali shaxsini aniqlashi mumkin?
Sputnik O‘zbekiston
Hukumat patrul xodimlariga jamoat joylarida fuqarolarning shaxsini “E-patrul” tizimi orqali aniqlash huquqini berdi. Shaxsni to‘xtatishning aniq shartlari va ma’lumotlarni muhofaza qilishga doir talablar belgilandi.
2025-12-02T16:08+0500
2025-12-02T16:08+0500
2025-12-02T16:15+0500
jamoat joylari
iiv
yangi tartib
qoidabuzarlik
jamiyat
yo‘l-patrul xizmati (ypx)
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/0e/18739338_192:0:1216:576_1920x0_80_0_0_d0be9b8d7e5dd67daebaea9fc9a68de6.jpg
TOShKENT, 2 dek — Sputnik. Ichki ishlar organlari patrul-post xizmati saf bo‘linmalari xodimlari jamoat joylarida fuqarolarning shaxsini elektron texnik vositalar, jumladan planshet orqali aniqlash tartibi belgilandi. Hukumat qarori bilan tegishli nizom tasdiqlandi.Nizomga ko‘ra, xodimlar quyidagi hollarda fuqarolarni to‘xtatib, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilishi yoki “E-patrul” tizimi orqali shaxsini aniqlashi mumkin:Shaxsga oid ma’lumotlarni “E-patrul” tizimiga to‘g‘ri kiritish uchun patrul-post xizmati xodimi shaxsan mas’ul hisoblanadi. Shuningdek, xodim ushbu ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor etmasligi va g‘arazli maqsadlarda foydalanmasligi uchun javobgardir.
https://oz.sputniknews.uz/20251129/qoriqlash-iiv-53819911.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/0e/18739338_320:0:1088:576_1920x0_80_0_0_41235bb091aecd355d5c0461dc437c84.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ichki ishlar, patrul-post xizmati, e-patrul, shaxsni aniqlash, planshet orqali tekshiruv, hukumat qarori, jamoat tartibi, huquqbuzarlik, fuqarolar huquqi, politsiya, iiv
ichki ishlar, patrul-post xizmati, e-patrul, shaxsni aniqlash, planshet orqali tekshiruv, hukumat qarori, jamoat tartibi, huquqbuzarlik, fuqarolar huquqi, politsiya, iiv
Patrul xodimlari qachon shaxsni to‘xtatib, tizim orqali shaxsini aniqlashi mumkin?
16:08 02.12.2025 (yangilandi: 16:15 02.12.2025) Hukumat qaroriga ko‘ra, patrul-post xizmati xodimlari fuqarolarning shaxsini jamoat joylarida planshet orqali aniqlash tartibi belgilandi.
TOShKENT, 2 dek — Sputnik. Ichki ishlar organlari patrul-post xizmati saf bo‘linmalari xodimlari jamoat joylarida fuqarolarning shaxsini elektron texnik vositalar, jumladan planshet orqali aniqlash tartibi belgilandi. Hukumat qarori bilan tegishli
nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, xodimlar quyidagi hollarda fuqarolarni to‘xtatib, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilishi yoki “E-patrul” tizimi orqali shaxsini aniqlashi mumkin:
shaxs jinoyat yoki ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan yoki qidiruvda deb gumon qilish uchun asoslar bo‘lganda;
shaxs sodir etilgan jinoyat yoki huquqbuzarlik haqida ma’lumotga ega deb hisoblash mumkin bo‘lganda;
qonunga muvofiq shaxsni ushlab turish uchun boshqa qonuniy asoslar mavjud bo‘lganda.
Xodim shaxsga uni to‘xtatganlik hamda undan shaxsini aniqlash talab etilayotgani sabablari va asoslarini tushuntirib berishi shart.
Shaxsga oid ma’lumotlarni “E-patrul” tizimiga to‘g‘ri kiritish uchun patrul-post xizmati xodimi shaxsan mas’ul hisoblanadi. Shuningdek, xodim ushbu ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor etmasligi va g‘arazli maqsadlarda foydalanmasligi uchun javobgardir.