Pekinda O‘zbekiston – Xitoy iqtisodiy rivojlanish dasturi boshlandi

© Ministerstvo investitsiy, promishlennosti i torgovliSostoyalos otkritie Programmi po ekonomicheskomu razvitiyu i obmenu opitom mejdu Uzbekistanom i KNR
Sostoyalos otkritie Programmi po ekonomicheskomu razvitiyu i obmenu opitom mejdu Uzbekistanom i KNR - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.12.2025
Obuna bo‘lish
Pekinda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida iqtisodiy rivojlanish va tajriba almashish dasturi boshlandi, ishchi guruhning navbatdagi yig‘ilishi ham o‘tkazildi.
TOShKENT, 2 dek — Sputnik. Pekin shahrida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida iqtisodiy rivojlanish hamda tajriba almashishga qaratilgan maxsus dastur o‘z ishini boshladi. Loyiha O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (ISSV) hamda Xitoy Davlat taraqqiyot va islohotlar qo‘mitasi hamkorligida tashkil etilgan.
Dastur institutsional hamkorlikni chuqurlashtirish, iqtisodiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlash va sanoat sohasida Xitoy tajribasini o‘rganishga qaratilgan. Shu kunning o‘zida ISSV va Xitoy Davlat taraqqiyot va islohotlar qo‘mitasi o‘rtasidagi hamkorlik mexanizmi doirasida ishchi guruhning navbatdagi yig‘ilishi ham bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda savdo, transport va logistika aloqalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Ayniqsa “O‘zbekiston – Qirg‘iziston – Xitoy” temir yo‘li qurilishini jadallashtirish bo‘yicha ishlarga alohida e’tibor qaratildi.
Sun’iy intellekt va sun’iy yo‘ldosh texnologiyalari bo‘yicha qo‘shma loyihalar, jumladan Markaziy Osiyoda BeiDou yo‘ldosh navigatsiya tizimining mintaqaviy markazini tashkil etish tashabbusi ham muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar strategik muloqot va amaliy hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyor ekanliklarini tasdiqlashdi.
Prezident RF V. Putin vstretilsya s chlenom Politburo SK KPK Van I - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.11.2025
Van I: Xitoy Markaziy Osiyo bilan “yagona taqdirli hamjamiyat”ni shakllantirish niyatida
Yangiliklar lentasi
0