Toshkentda chang: havo nega xavfli bo‘lmoqda va kishi qanday himoyalanishi mumkin?
Toshkentda chang: havo nega xavfli bo‘lmoqda va kishi qanday himoyalanishi mumkin?
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda havo sifati tez-tez xavfli darajagacha yomonlashmoqda. Chang qayerdan paydo bo‘lyapti, sog‘liqqa qay darajada xavf soladi va amaliy himoya choralari qaysi — qisqa, aniq va tekshirilgan ma’lumotlar. Uyda o‘zingizni qanday himoya qilish mumkin? Uyda namlikni meyorda saqlang. “Toza xona” tashkil qiling — doimiy filtratsiya bo‘ladigan bir hudud.
Toshkentdagi chang nimadan kelib chiqadi?Toshkent qish faslida pastlikda joylashgani va shamolning kamligi sababli ifloslanish past qatlamda to‘planib qoladi. Bunga qo‘shimcha ravishda:Sog‘liq uchun asosiy xavfPM2.5 zarrachalari o‘ta mayda bo‘lib, o‘pkaga chuqur kirib boradi. Bu:Bolalar, keksalar va allergiyasi borlar uchun xavf ikki baravar yuqori.Uyda o‘zingizni qanday himoya qilish mumkin?Ko‘chada nimalarga e’tibor berish kerak?Avtomobilda himoya qilish usullariChang paytida nima qilib bo‘lmaydi?
Toshkentda havo sifati tez-tez xavfli darajagacha yomonlashmoqda. Chang qayerdan paydo bo‘lyapti, sog‘liqqa qay darajada xavf soladi va amaliy himoya choralari qaysi — qisqa, aniq va tekshirilgan ma’lumotlar.
Toshkentdagi chang nimadan kelib chiqadi?
Toshkent qish faslida pastlikda joylashgani va shamolning kamligi sababli ifloslanish past qatlamda to‘planib qoladi. Bunga qo‘shimcha ravishda:
arzon yonilg‘i yoqadigan isitish moslamalari;
tirbandlikdagi transport tashlanmalari;
qurilish maydonlari va changli hududlar changni yanada kuchaytiradi.
Sog‘liq uchun asosiy xavf
PM2.5 zarrachalari o‘ta mayda bo‘lib, o‘pkaga chuqur kirib boradi. Bu:
bosh og‘rig‘i;
nafas olish qiyinlashishi;
yurak-qon tomir kasalliklari xavfini oshiradi.
Bolalar, keksalar va allergiyasi borlar uchun xavf ikki baravar yuqori.
Uyda o‘zingizni qanday himoya qilish mumkin?
HEPA-filtrli havo tozalagichdan foydalaning.
Eng yomon soatlarda derezalarni yopiq tuting.
Konditsionerni retsirkulyatsiya rejimida yoqing.
Uyda namlikni meyorda saqlang.
“Toza xona” tashkil qiling — doimiy filtratsiya bo‘ladigan bir hudud.
Tekshiruvlar havoning chang va qum bilan ifloslanishiga, obodonlashtirish talablariga rioya qilmaslikka olib keluvchi qonunbuzarliklarni aniqlash va oldini olishga qaratilgan
24 ta obyektga g‘ildirak yuvish tizimlari/suv yuvish moslamalari o‘rnatildi. 62 ta obyektda avtomobil shinalari yuvish uchun maxsus hovuzlar o‘rnatildi.
Umumiy uzunligi 496 km bo‘lgan mikroiqlim barqarorligini ta’minlash bo‘yicha ishlar amalga oshirildi
Chang paytida nima qilib bo‘lmaydi?
Ko‘chada yugurish, sport bilan shug‘ullanish.
Oynalarni ochib qo‘yish.
Odatiy matoli niqob taqish.
Uzoq vaqt bolalar bilan tashqarida bo‘lish.
"Ifloslanish oddiy hayotning bir qismiga aylanganida, toza havo uchun kurash tavsiya emas, balki zaruratga aylanadi", – deydi Ekologiya qo‘mitasi huzuridagi “Eko-media” markazi bo‘lim boshlig‘i Aziza Uzakbergenova.