https://oz.sputniknews.uz/20251202/prezident-yigilish-topshiriqlar-53863171.html
Qishda elektr va gaz o‘chmasin — prezident yig‘ilishda yana qanday topshiriqlar berdi?
Qishda elektr va gaz o‘chmasin — prezident yig‘ilishda yana qanday topshiriqlar berdi?
Sputnik O‘zbekiston
Prezident yig‘ilishida Toshkent va hududlarda ekologik vaziyat, chiqindilarni qayta ishlash, poligonlarni qisqartirish, gaz va elektr ta’minotidagi muammolar va qishga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.
2025-12-02T09:45+0500
2025-12-02T09:45+0500
2025-12-02T09:53+0500
shavkat mirziyoyev
ekologiya
toshkent
xavfsizlik
o‘zbekiston
jamiyat
chiqindixona
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0c/02/53862788_0:133:1280:853_1920x0_80_0_0_f07a35bf85b63a11b4e02c793015bcdd.jpg
TOShKENT, 2 dek — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi yig‘ilishda ekologik barqarorlik, chiqindilarni qayta ishlash va qish mavsumiga tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Avvalo, Toshkentdagi ekologik vaziyat va havoni ifloslantiruvchi manbalarga nisbatan choralar muhokama qilindi. Prezident bu ishlar nafaqat poytaxtda, balki barcha hududlarda tizimli davom etishi kerakligini ta’kidladi.2030 yilgacha maishiy chiqindilar poligonlarini 50 foizga qisqartirish rejalashtirilgan. Oxirgi yillarda 47 poligon yopilib, 243 gektar yer tabiatga qaytarilgan. Rekultivatsiya qilingan yerlarda “yashil maydon”lar barpo etish, poligonlar atrofidagi ko‘kalamzorlashtirish ishlarini 2026-yildan budjet mablag‘lari hisobiga yo‘lga qo‘yish belgilandi.Sanoat va xavfli chiqindilarni xatlovdan o‘tkazib, ularni qayta ishlash bo‘yicha har bir hududda kamida bitta loyiha boshlash zarurligi aytildi. Xavfli chiqindilarni nazorat qilish uchun yagona axborot platformasi yaratiladi.Suyultirilgan gaz yetkazib berishdagi kamchiliklar va talon-toroj holatlari muhokama qilindi. “Hududgazta’minot”ga bu holatlarga chek qo‘yish, hududma-hudud yurib aholining muammolarini joyida hal etish topshirildi.Qishda energiya resurslari aholiga uzluksiz yetkazilishi shartligi ta’kidlandi.Ko‘p qavatli uylarda qurilish normalari va yong‘in xavfsizligi qoidalarini xalqaro standartlarga moslashtirish hamda rahbarlar javobgarligini kuchaytiruvchi qonun loyihasi tayyorlanishi belgilandi.
https://oz.sputniknews.uz/20251201/antitsiklon-havo-zarrachalar-53844783.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0c/02/53862788_143:0:1280:853_1920x0_80_0_0_e18ae67e2e1296ce24d80f4c65282c9e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ekologiya, chiqindilar, qayta ishlash, poligonlar, yashil belbog‘, toshkent ekologiyasi, gaz ta’minoti, suyultirilgan gaz, elektr tarmoqlari, qishga tayyorgarlik, mirziyoyev yig‘ilishi, ekologiya milliy qo‘mitasi, chiqindidan energiya, andijon, namangan, farg‘ona, samarqand, qashqadaryo, toshkent viloyati, xavfli chiqindilar, rekultivatsiya, energoinspeksiya, budjet 2026, ekologik xavfsizlik
ekologiya, chiqindilar, qayta ishlash, poligonlar, yashil belbog‘, toshkent ekologiyasi, gaz ta’minoti, suyultirilgan gaz, elektr tarmoqlari, qishga tayyorgarlik, mirziyoyev yig‘ilishi, ekologiya milliy qo‘mitasi, chiqindidan energiya, andijon, namangan, farg‘ona, samarqand, qashqadaryo, toshkent viloyati, xavfli chiqindilar, rekultivatsiya, energoinspeksiya, budjet 2026, ekologik xavfsizlik
Qishda elektr va gaz o‘chmasin — prezident yig‘ilishda yana qanday topshiriqlar berdi?
09:45 02.12.2025 (yangilandi: 09:53 02.12.2025) Prezident yig‘ilishida ekologik barqarorlik, chiqindilarni qayta ishlash, poligonlarni qisqartirish va gaz-elektr ta’minotidagi muammolarni bartaraf etish vazifalari belgilandi
TOShKENT, 2 dek — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi yig‘ilishda ekologik barqarorlik, chiqindilarni qayta ishlash va qish mavsumiga tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi.
Avvalo, Toshkentdagi ekologik vaziyat va havoni ifloslantiruvchi manbalarga nisbatan choralar muhokama qilindi. Prezident bu ishlar nafaqat poytaxtda, balki barcha hududlarda tizimli davom etishi kerakligini ta’kidladi.
Maishiy chiqindilardan elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha 933 million dollarlik loyihalar 6 hududda boshlangan, ammo boshqa viloyatlarda harakat sust. Mavjud loyihalarda ham infratuzilma ta’minoti yetarli emasligi qayd etildi. Hokimliklar va Ekologiya milliy qo‘mitasiga kamchiliklarni tugatish va loyihalarni barcha hududlarga kengaytirish topshirildi.
2030 yilgacha maishiy chiqindilar poligonlarini 50 foizga qisqartirish rejalashtirilgan. Oxirgi yillarda 47 poligon yopilib, 243 gektar yer tabiatga qaytarilgan. Rekultivatsiya qilingan yerlarda “yashil maydon”lar barpo etish, poligonlar atrofidagi ko‘kalamzorlashtirish ishlarini 2026-yildan budjet mablag‘lari hisobiga yo‘lga qo‘yish belgilandi.
Sanoat va xavfli chiqindilarni xatlovdan o‘tkazib, ularni qayta ishlash bo‘yicha har bir hududda kamida bitta loyiha boshlash zarurligi aytildi. Xavfli chiqindilarni nazorat qilish uchun yagona axborot platformasi yaratiladi.
Suyultirilgan gaz yetkazib berishdagi kamchiliklar va talon-toroj holatlari muhokama qilindi. “Hududgazta’minot”ga bu holatlarga chek qo‘yish, hududma-hudud yurib aholining muammolarini joyida hal etish topshirildi.
Shu bilan birga, elektr tarmoqlari va transformatorlar barqaror ishlashini ta’minlash vazifasi tegishli mas’ul idoralarga yuklandi. 1800 kilometr elektr tarmog‘ida ta’mirlash sifatsiz bajarilgani aniqlangan. Bosh prokuraturaga bu holatlarni tekshirish, “Energoinspeksiya”ga esa nazoratni kuchaytirish topshirildi.
Qishda energiya resurslari aholiga uzluksiz yetkazilishi shartligi ta’kidlandi.
Ko‘p qavatli uylarda qurilish normalari va yong‘in xavfsizligi qoidalarini xalqaro standartlarga moslashtirish hamda rahbarlar javobgarligini kuchaytiruvchi qonun loyihasi tayyorlanishi belgilandi.