O‘zbekiston Afg‘onistondan go‘sht importini oshiradi

© Ministerstvo selskogo xozaystva AfganistanaUzbekistan uvelichit import masa iz Afganistana
Uzbekistan uvelichit import masa iz Afganistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.12.2025
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Afg‘oniston bilan qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlikni kuchaytirib, go‘sht importini kengaytirmoqda. Uchrashuvda bog‘dorchilik, urug‘chilik, savdo hajmini oshirish masalalari muhokama qilindi
TOShKENT, 1 dek — Sputnik. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi va chorvachilik sohasidagi hamkorlik dasturi doirasida Afg‘onistondan go‘sht importini kengaytiradi. Bu haqda Afg‘oniston Qishloq xo‘jaligi, irrigatsiya va chorvachilik vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Vazirlikning ma’lum qilishicha, vazir o‘rinbosari Mavlaviy Sadrazam Usmoniy O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Jamshidjon Abduzuhurov bilan Kobulda uchrashuv o‘tkazgan. Tomonlar Afg‘onistondan go‘sht sotib olish hajmini oshirish, chorvachilik va qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida hamkorlikni kengaytirish yuzasidan kelishuvga erishgan.
Uchrashuv chog‘ida Farob viloyatining Andxoy tumanida bog‘lar tashkil etish va urug‘chilik sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari ham muhokama qilindi. O‘zbekiston delegatsiyasining tashrifi texnik hamkorlikni kuchaytirish, agrar mahsulotlar savdosini kengaytirish va tajriba almashish maqsadida amalga oshirilgani qayd etildi.

“Ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi so‘nggi yillarda 410 million dollardan 610 million dollargacha oshdi. O‘zbekiston Afg‘oniston bilan qishloq xo‘jaligi va chorvachilik sohasida hamkorlikni kengaytirishga intilmoqda”, — dedi Abduzuhurov.

Afg‘oniston tomonining ta’kidlashicha, mamlakat xususiy sektori go‘sht ishlab chiqarish va eksport qilishda yetarli quvvatga ega. Shu munosabat bilan Afg‘onistonda yirik va standartlarga mos chorvachilik fermalarini tashkil etish taklif qilingan.
Vazirlik, shuningdek, mahalliy va xorijiy tadbirkorlar uchun sarmoyaviy sharoitlarni yaxshilash ustida ish olib borilayotganini bildirdi. Ilgari ikki mamlakat qishloq xo‘jaligi vazirliklari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan edi.
Afganistan nachal eksport fruktov v Sentralnuyu Aziyu cherez Uzbekistan. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.11.2025
Afg‘oniston O‘zbekiston orqali Markaziy Osiyoga meva eksportini boshladi
Yangiliklar lentasi
0