https://oz.sputniknews.uz/20251130/trump-venezuela-osmon-yopilish-53833324.html
OAV: Tramp Venesuela osmonini “yopdi” — bu ko‘p hollarda aviazarbalardan oldingi qadam
OAV: Tramp Venesuela osmonini “yopdi” — bu ko‘p hollarda aviazarbalardan oldingi qadam
Sputnik O‘zbekiston
OAV Tramp Venesuela havo hududini “yopdi” degan chaqiriqdan so‘ng aviakompaniyalar parvozlarni bekor qilayotganini va Liviyadagi o‘xshash ssenariyni esga oldi.
2025-11-30T13:10+0500
2025-11-30T13:10+0500
2025-12-01T10:34+0500
donald tramp
aviaparvozlar
nikolas maduro
aqsh
dunyoda
dunyo yangiliklari
venesuela
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1017/47/10174764_0:140:3000:1828_1920x0_80_0_0_d5d02d5ea4476fb1c8af913920431ca6.jpg
TOShKENT, 30 noya — Sputnik. Mamlakat "osmonini yopish" to‘g‘risidagi qaror ba’zida aviazarbalar oldidan birinchi qadam bo‘ladi. "Washington Post" Donald Trampning Venesuela osmonini “yopiq” deb e’lon qilishga oid bayonotiga bag‘ishlangan maqolasida shunga e’tibor qaratgan.Quyida xorijiy OAVning Trampning barcha aviakompaniyalarni Venesuela va uning atrofidagi havo hududini yopiq deb hisoblashga chaqirgan bayonotiga bildirgan munosabatlari keltiriladi."New York Times" gazetasining ta’kidlashicha, xorijiy aviatsiya Vashingtonning bunday bayonotlariga, ularning texnik jihatdan noqonuniyligiga qaramay, quloq solmoqda."Time" jurnali Trampning Maduroga nisbatan e’lon qilgan niyatlari tobora ishonarsiz bo‘lib borayotganiga e’tibor qaratmoqda. Ma’lumot uchun, Donald Tramp mazkur bayonotini "Truth Social" ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilgan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20251127/washington-otishma-tramp-muhojirlar-chora-53765563.html
venesuela
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1017/47/10174764_189:0:2813:1968_1920x0_80_0_0_8226bc68dd929e3c9edcd6bb7652f710.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
venesuela, donald tramp, havo hududi, osmon yopilishi, aviaqatnovlar, aqsh, nikolas maduro, faa, vashington, liviya, qaddafiy, rejim o‘zgarishi, havo xavfsizligi
venesuela, donald tramp, havo hududi, osmon yopilishi, aviaqatnovlar, aqsh, nikolas maduro, faa, vashington, liviya, qaddafiy, rejim o‘zgarishi, havo xavfsizligi
OAV: Tramp Venesuela osmonini “yopdi” — bu ko‘p hollarda aviazarbalardan oldingi qadam
13:10 30.11.2025 (yangilandi: 10:34 01.12.2025) Muammar Qazzofiy ag‘darilishiga olib kelgan aviazarbalardan oldin ham Liviya osmoni BMT rezolyutsiyasiga asosan “yopilgan” edi. “Yopilish” fuqarolik samolyotlari parvozlariga ta’qiqni anglatadi
TOShKENT, 30 noya — Sputnik. Mamlakat "osmonini yopish" to‘g‘risidagi qaror ba’zida aviazarbalar oldidan birinchi qadam bo‘ladi. "Washington Post" Donald Trampning Venesuela osmonini “yopiq” deb e’lon qilishga oid bayonotiga bag‘ishlangan maqolasida shunga
e’tibor qaratgan.
Quyida xorijiy OAVning Trampning barcha aviakompaniyalarni Venesuela va uning atrofidagi havo hududini yopiq deb hisoblashga chaqirgan bayonotiga bildirgan munosabatlari keltiriladi.
"New York Times" gazetasining ta’kidlashicha, xorijiy aviatsiya Vashingtonning bunday bayonotlariga, ularning texnik jihatdan noqonuniyligiga qaramay, quloq solmoqda.
"Tramp AQSh prezidenti sifatida Venesuela havo hududiga nisbatan vakolatga ega emas. Biroq, xorijiy hukumatlar va aviakompaniyalar ko‘pincha AQSh ko‘rsatmalariga amal qilishadi. Shu oy boshida AQSh Federal aviatsiya boshqarmasi (FAA) mamlakat ustidan parvozlar xavfi haqida ogohlantirganidan so‘ng bir nechta xorijiy aviakompaniyalar Venesuelaga parvozlarni bekor qildi," - deb yozadi gazeta.
"Time" jurnali Trampning Maduroga nisbatan e’lon qilgan niyatlari tobora ishonarsiz bo‘lib borayotganiga e’tibor qaratmoqda.
"Tramp o‘zining birinchi muddati davomida Maduroni hokimiyatdan chetlatishga muvaffaqiyatsiz urindi. Ikkinchi muddatga qaytganidan so‘ng, u rejimni o‘zgartirishga intilayotganini rad etadi, ammo rad etish tobora ishonchsiz bo‘lib bormoqda", - deyiladi maqolada.
Ma’lumot uchun, Donald Tramp mazkur bayonotini "Truth Social" ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilgan edi.
"Barcha aviakompaniyalar, uchuvchilar, giyohvand moddalar savdogarlari va odam savdogarlariga: iltimos, Venesuela va uning atrofidagi havo hududini to‘liq yopiq deb hisoblang", - deb yozdi u.