Toshkentda “Talabalik go‘zali” tanlandi - eng sara suratlar
17:29 30.11.2025 (yangilandi: 19:18 30.11.2025)

© Sputnik
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Iqtidor va san’atni namoyish etish, blis-savollarga javob berish, modellik mahoratini ko‘rsatish va moda defilesida ishtirok etish —ishtirokchilar ardoqli tojga erishish uchun shu va boshqa bosqichlarni bosib o‘tdi
TOShKENT, 30 noya — Sputnik. O‘zbekiston davlat yoshlar teatrida “Talabalik go‘zali” tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda mamlakatning 13 ta oliy ta’lim muassasasi, shuningdek, Toshkentda faoliyat yuritayotgan Rossiya OTMlari filiallarining talaba qizlari ishtirok etdi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Tadbir Toshkentdagi Rus uyi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, uning hamkorlariga O‘zbekiston Yoshlar teatri va M Cosmetic do‘konlar tarmog‘i kirdi.
Tadbir ochilishida Rossotrudnichestvoning O‘zbekistondagi rahbari Irina Staroselskaya so‘zga chiqib, bu kabi loyihalar Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi aloqalarni, xalqlar do‘stligini hamda Toshkentdagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishini ta’kidladi.
“Bizning do‘stlik va hamkorligimiz katta ahamiyatga ega. Shu kabi tadbirlar yaxshi an’anaga aylanib, har yili o‘tkazilib borishini juda xohlaymiz”, — dedi u.
Tanlovda ishtirokchilar o‘zlarini, hayotiy shiorlarini va universitetlarini o‘ziga xos tarzda namoyish etishdi, iste’dod va badiiy mahoratini ko‘rsatishdi, blis-savollarga javob berishdi, modellik mahoratlarini namoyon qilishdi hamda moda defilesida qatnashishdi.
Zaldagilar qizlarni qo‘llab-quvvatlab, munosib ruh ifoda etdi. Tomoshabinlar uchun ham alohida mini-tanlovlar va sovrinlar tashkil etildi. Asosiy baholash jarayoni professional hakamlar hay’atiga yuklatildi. Uning tarkibiga O‘zbekiston davlat yoshlar teatri direktori va bosh rejissori Farhod Jo‘rayev va Anvar Karatayev, Faces influyens agentligi asoschisi Sabina Bakiyeva, xalqaro darajadagi professional model va aktor Doniyor Ergashev, shuningdek, M Cosmetic vakili Yevgeniy Pronin kirdi.
Hakamlar oldida oson bo‘lmagan tanlov turardi — barcha ishtirokchilar iste’dodli va go‘zal bo‘lib, har biri e’tirofga loyiq edi.
Natijalarga ko‘ra, “Talabalik vitse-go‘zali” unvoni MGIMO Toshkent filiali talabasi Tamila Ergashevaga, “Talabalik vitse-go‘zali II” esa MDU Toshkent filiali talabasi Munisaxon Xolmanovaga topshirildi.

V Tashkente vibrali "Miss studenchestva"
© Sputnik
Asosiy unvon — “Talabalik go‘zali” g‘olibi esa O‘zDJTU talabasi Roksana Veliyeva bo‘ldi. G‘olib va sovrindorlarga tojlar, qizil lentalar va maxsus sovg‘alar taqdim etildi. Shuningdek, barcha ishtirokchilarga M Cosmetic kompaniyasining esdalik sovg‘alari berildi.
“Bu tanlovga uzoq tayyorgarlik ko‘rdim va "Talabalik go‘zali" bo‘lganimdan quvonchim beqiyos. Birinchi tojimni olganimdan juda baxtiyorman. Mamlakatimizda bunday tanlovlar o‘tkazilayotgani ayniqsa biz, qizlar uchun katta motivatsiya”, — dedi Roksana Veliyeva Sputnik O‘zbekiston muxbiriga.

1/11
© Sputnik
V Tashkente vibrali "Miss studenchestva"

2/11
© Sputnik
V Tashkente vibrali "Miss studenchestva"

3/11
© Sputnik
V Tashkente vibrali "Miss studenchestva"

4/11
© Sputnik
V Tashkente vibrali "Miss studenchestva"

5/11
© Sputnik
V Tashkente vibrali "Miss studenchestva"

6/11
© Sputnik
V Tashkente vibrali "Miss studenchestva"

7/11
© Sputnik
V Tashkente vibrali "Miss studenchestva"

8/11
© Sputnik
V Tashkente vibrali "Miss studenchestva"

9/11
© Sputnik
V Tashkente vibrali "Miss studenchestva"

10/11
© Sputnik
V Tashkente vibrali "Miss studenchestva"

11/11